Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
10.01.2024

Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar

Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar


RO‘YXATI

Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Axborotning turi, toifalar nomlanishi (parametrlar)

Ma’lumot joylashtirilgan resurs

Taqdim etish va yangilash muddati

Joylashtirish uchun mas’ul davlat organlari va tashkilotlari

1.

Davlat organlari va tashkilotlarining o‘z faoliyatiga oid hisoboti (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno).

Rasmiy veb-saytlar

Har yili 1 martga qadar

Davlat organlari va tashkilotlari

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlari bilan soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar, shu jumladan individual imtiyozlar berilgan subyektlar, ularning yakuniy benefitsiar (foyda oluvchi) jismoniy shaxslari, ularning to‘lagan soliqlari va moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi axborotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Moliya vazirligi

3.

Davlat xaridlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan davlat xaridlarini amalga oshiruvchi shaxslar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar).

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

4.

Mansabdor shaxslarning xizmat safarlari va xorijdan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib olish xarajatlari (xizmat safarining yoki tashrifning maqsadi, sutkalik pul, transport va yashash bilan bog‘liq xarajatlar (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno).

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

5.

Davlat budjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari hamda budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari jamg‘armalari hisobiga xarid qilinishi rejalashtirilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xarid e’lon qilinishidan kamida 6 oy oldin).

Rasmiy veb-saytlar

doimiy ravishda

Davlat organlari va tashkilotlari

6.

Davlat xaridlari va investitsiya loyihalari doirasida hamda ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berish bo‘yicha tashkil etiladigan xarid komissiyalarining tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan:

xarid komissiyasi tarkibini tasdiqlash haqidagi qaror;

xarid komissiyasi a’zolarining ma’lumotlari (familiyasi, ismi va otasining ismi, ish joyi va egallab turgan lavozimi).

Rasmiy veb-saytlar

doimiy ravishda

Davlat organlari va tashkilotlari

7.

Davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarning yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning muhofaza qilinishini ta’minlagan holda tegishlicha o‘tkazilgan har bir taftish va tekshiruv (nazorat obyekti nomi, nazorat tadbirining maqsadi va muddatlari, uni o‘tkazgan davlat xizmatchisining lavozimi, familiyasi, ismi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tegishli nazorat qiluvchi organning rahbarini xabardor etgandan so‘ng).

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Hisob palatasi, Moliya vazirligi, nazorat qiluvchi organlar

8.

Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar hamda davlat unitar korxonalari (keyingi o‘rinlarda — davlat ishtirokidagi korxonalar) ro‘yxati (davlat nomidan aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) funksiyalarini amalga oshirayotgan tashkilot, korxona hududi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, davlat ulushi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda), shuningdek, ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i davlat ishtirokidagi korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar ro‘yxati.

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

9.

O‘zlari aksiyador (ishtirokchi, mulkdor) funksiyalarini bajaruvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning ijroiya organi (direktor, boshqaruv raisi, boshqaruv a’zolari) va kuzatuv kengashi a’zolarining ismi va familiyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

10.

Davlat ishtirokidagi korxonalar, shuningdek, ushbu korxonalarga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tasarrufidagi yengil avtomobillar, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Kadastr agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi, vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hok�mliklari

11.

Davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan yil (chorak) yakuni bo‘yicha to‘langan dividendlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Davlat soliq qo‘mitasi

12.

Davlat ishtirokidagi korxonalarga sarflangan Davlat budjeti mablag‘lari, tegishlicha xorijdan jalb etilgan mablag‘lar, shu jumladan davlat tashqi qarzi summalari hamda ularning sarflanishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Moliya vazirligi

13.

Davlat muassasalari ro‘yxati (tashkil topgan sanasi, yuqori turuvchi organ) hamda xususiylashtirilgan davlat mulki obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (davlat sirini tashkil etuvchi maxfiy vazifa yuklatilgan davlat korxonalari va muassasalari bundan mustasno).

Ochiq ma’lumotlar portali

har chorakda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

14.

Tasdiqlangan yillik xarajatlar smetasi bilan bir qatorda, uning ijrosi, shu jumladan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlari, avtomototransport vositalarini sotib olish va saqlash xarajatlari to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

15.

Davlat organlari va tashkilotlari tasarrufidagi xizmat avtomototransport vositalari, xizmat uylari va boshqa ko‘chmas mulklar, qurilishi tugallanmagan obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (tezkor-qidiruv, harbiy va boshqa maxsus xizmatlarda foydalaniladigan ashyolar bundan mustasno).

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

16.

Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni berishga vakolatli hamda xabarnomalarni qabul qiladigan organlarning hududlar kesimida mas’ul xodimlari, shu jumladan ushbu toifadagi hujjatlarni berishni tashkillashtiradigan tegishli komissiya a’zolari (familiyasi, ismi va otasining ismi, egallab turgan lavozimi) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar, shu jumladan “licence.gov.uz” sayti

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

17.

Quyidagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar egalarining ismi va familiyalari:

xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish;

iste’mol va texnik etil spirti, alkogol mahsulotlari ishlab chiqarish;

bank faoliyatini amalga oshirish;

mahalliy va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha temir yo‘l transportida yo‘lovchilarni hamda yuklarni tashish;

farmatsevtika faoliyati;

ko‘priklar va tonnellarni loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va ularni ta’mirlash faoliyati;

neft, gazni (shu jumladan siqilgan tabiiy va suyultirilgan uglevodorod gazini) va gaz kondensatini qazib olish, qayta ishlash hamda realizatsiya qilish faoliyati;

magistral gaz quvurlari, neft quvurlari va neft mahsulotlari quvurlarini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish hamda ularni ta’mirlash faoliyati;

import kontraktlarini ekspertizadan o‘tkazish va ro‘yxatga olish;

davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan zaxira yerlarida pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish.

Rasmiy veb-saytlar, shu jumladan “licence.gov.uz” sayti

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

18.

Tegishlicha yer qa’ri uchastkalaridan foydalanish huquqi uchun litsenziyalar egalari, taqdim etilgan uchastka (maydonlar, foydali qazilmalar) to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

19.

Daryolar o‘zanlarida qum-shag‘al materiallarini qazib olish ishlariga Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi “Xavfsiz daryo boshqarmasi” davlat muassasasi tomonidan belgilangan tartibda shartnoma asosida jalb etilgan tadbirkorlik subyektlari va boshqa tashkilotlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-sayt

har chorakda

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi

20.

O‘zbekiston Respublikasi o‘simlik dunyosi obyektlaridan maxsus foydalanish uchun berilgan barcha ruxsatnomalar egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-sayt

har chorakda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

21.

O‘zbekiston Respublikasi davlat muhofazasiga olingan moddiy madaniy meros obyektlari hududida tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun berilgan ruxsatnoma egalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Turizm va sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi

22.

Davlat oliy ta’lim muassasalarining daromadlari, xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, tarkibida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan davlat organlari

23.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalariga mulk yoki ijara huquqini elektron auksion (“E-AUKSION”) orqali sotib olgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi

24.

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga ijara huquqini berish bo‘yicha ochiq tanlov g‘oliblari bo‘lgan shaxslar to‘g‘risida ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

25.

Mahalliy budjetlarning har chorak yakunida shakllantiriladigan daromadlar va xarajatlar smetasi, rejadan orttirib bajarilgan qismi va mazkur mablag‘lar yo‘naltirilgan maqsadlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorak yakunida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tuman va shahar hokimliklari

26.

Quyidagilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar:

maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘rnatilgan aniq manzillar;

individual tartibda har bir dasturiy-texnik vositasi qayd etadigan yo‘l harakati qoidalari buzilishi turi.

Rasmiy veb-saytlar

har oyda

Ichki ishlar vazirligi, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi

27.

Ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam olayotgan shaxslar (14 yoshgacha bolalari bo‘lgan oilalarga nafaqa, bola ikki yoshga to‘lguniga qadar uni parvarish qilish nafaqasi, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam hamda un va qolipli non xarid qilish bo‘yicha qo‘shimcha xarajatlarni qoplash uchun har oylik pulli kompensatsiyani olayotganlar) haqida hamda ishsizlik nafaqasini olayotgan shaxslar (familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‘ilgan sanasi) to‘g‘risidagi viloyat, tuman, shaharlar kesimidagi ma’lumotlar.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

28.

Uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarning ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiyalar ajratish haqida bergan arizalari ro‘yxati (navbati) to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

doimiy ravishda onlayn rejimda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, tuman va shahar hokimliklari

29.

Davlat organlari va tashkilotlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shu jumladan:

jamoatchilik kengashining tasdiqlangan a’zolari haqidagi ma’lumotlar bilan bir qatorda ularning aloqa ma’lumotlari (telefon, pochta va elektron manzillari);

jamoatchilik kengashining yig‘ilishlari va kun tartibidagi masalalar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

30.

Davlat organlari va tashkilotlarining tasdiqlangan yarim yillik va (yoki) yillik ish rejalari (davlat sirlari va xizmatda foydalanish uchun mo‘ljallangan ma’lumotlar bundan mustasno).

Rasmiy veb-saytlar

har yarim yillikda

(har yili)

Davlat organlari va tashkilotlari

31.

Davlat organlariga doimiy foydalanish uchun berilgan yer maydonlari va boshqa mol-mulklarni davlat-xususiy sheriklik asosida olgan yuridik va jismoniy shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

32.

Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralarning tashqi yoki ishonchli boshqaruvga berilgan davlat ulushi mavjud bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari, ishonchli boshqaruvchi tomonidan jalb qilingan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

33.

Ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari to‘g‘risidagi axborot bazasida quyidagilar haqidagi ma’lumotlarni aks ettirish:

ovchilik xo‘jaliklari;

ov qilish taqiqlangan joylar;

yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ajratilgan kvota;

ovchilik xo‘jaligiga va insonning xo‘jalik faoliyatiga zarar yetkazuvchi deb e’tirof etilgan yovvoyi hayvonlar;

muayyan ov qilish joylarida ov qilish uchun taqiq belgilanganligi;

yovvoyi hayvonlarning ayrim turlariga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi;

muayyan jinsdagi va yoshdagi yovvoyi hayvonlarga nisbatan ov qilish uchun taqiq belgilanganligi;

ovchilik xo‘jaligini yuritish uchun ov qilish joylarini berish to‘g‘risidagi tuzilgan barcha shartnomalar, ovchilik xo‘jaligini yuritish huquqi tugatilgan holatlar hamda undirilgan haq miqdorlari;

yovvoyi hayvonlarni tutishga doir ruxsatnoma berilgan barcha shaxslar va ruxsatnomadagi ma’lumotlar hamda undirilgan haq miqdorlari;

O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi hayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olishga doir berilgan barcha ruxsatnomalar va ulardagi ma’lumotlar hamda undirilgan haq miqdorlari;

O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining o‘rmon-ovchilik xo‘jaliklari tomonidan berilgan ovchilik yo‘llanmalari (yovvoyi hayvonlarni tutish kartochkasi) hamda undirilgan haq miqdorlari.

Ochiq ma’lumotlar portali, rasmiy veb-saytlar

2021-yil 1-avgustdan boshlab doimiy ravishda

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi

34.

O‘zlarining tarkibiga kiruvchi davlat muassasalarining nomi, faoliyat turi, funksiya va vakolatlari hamda rahbarlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

Har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

35.

Davlat budjeti, shuningdek, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalar, shu jumladan istiqbolli investitsiya va infratuzilma loyihalari bo‘yicha ularning asosiy texnik ko‘rsatkichlari va boshqa loyiha hujjatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har yarim yillikda

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, mas’ul vazirlik va idoralar (loyiha tashabbuskorlari)

36.

Hududlar kesimida “Haj” tadbirlariga borish uchun navbatda turgan ziyoratchilarning yagona onlayn navbati to‘g‘risidagi (ziyoratga boruvchi shaxsning arizasi navbatga qo‘yilgan sana, ro‘yxatdagi tartib raqami va ziyorat turi) ma’lumotlar.

Rasmiy veb-sayt

har chorakda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

37.

Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun berilgan arizalar navbati (ro‘yxati) to‘g‘risidagi (ariza navbatga qo‘yilgan sana, ro‘yxatdagi tartib raqami, yosh guruhi hamda tashkilot raqami) ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, hududiy maktabgacha va ta’limi boshqarmalari

38.

Davlat organlari va tashkilotlarida davlat xaridlarini amalga oshirish tartib-taomillarini belgilovchi xarid komissiyasining ichki idoraviy tartibi (nizom, reglament, yo‘riqnoma yoki boshqa ichki idoraviy hujj�t)

Rasmiy veb-saytlar

har chorakda

Davlat organlari va tashkilotlari

39.

Bo‘sh ish o‘rinlari (markaziy, hududiy va tizim tashkilotlarida), ishga qabul qilish shartlari, nomzodlarga qo‘yiladigan talablar va taqdim qilinishi lozim bo‘lgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har oyda

Davlat organlari va tashkilotlari

40.

Davlat organlari va tashkilotlari tomonidan nodavlat notijorat tashkilotlarga taqdim etilgan grant va ijtimoiy buyurtma loyihalari haqidagi ma’lumotlar, shu jumladan g‘olib bo‘lgan nodavlat notijorat tashkilotlari va ularning buyurtma doirasida bajargan ishlari yuzasidan hisobotlari haqidagi ma’lumotlar.

Rasmiy veb-saytlar

har yarim yillikda

Davlat organlari va tashkilotlari


(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-apreldagi PF-67-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2024-y., 06/24/67/0307-son)

Рўйҳатга қайтиш