Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008
20
Adliya organlari tizimida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash e'lon qilingan.

Bunda Adliya vazirligi tizimidagi, jumladan:

adliya boshqarmalari va bo‘limlari;
yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari;
FHDY organlari;
davlat xizmatlari markazlari;
"O‘zarxiv" agentligi va uning hududiy tuzilmalari;
X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi va uning hududiy bo‘linmalari;
“Adolat” milliy huquqiy axborot markazi;
Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya  texnologiyalarini rivojlantirish markazi;
Intellektual mulk markazi;
davlat notarial idoralari va arxivlari;
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti;
Toshkent davlat yuridik universiteti;
TDYU qoshidagi akademik litseydagi korrupsiya holatlari haqida ma'lumotlarni Telegramdagi @antikorbot botiga, (71) 207-04-64 (1321 yoki 1323) telefon raqamiga yoki vazirlik rasmiy veb-saytidagi maxsus platformaga yuborish mumkin.

Yuborilgan xabarlar belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi hamda murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanad

20
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH OMMAVIY HARAKATGA AYLANISHI KERAK!!!

Mamlakatimizda korrupsiya qarshi kurashish tizimini yangi bosqichiga ko'tarish zamon talabiga aylandi. Davlat rahbari tomonidan 2025-yilning 24-aprel kuni qabul qilingan PF-71-son farmoni bu borada yangi vazifalarni belgilab berdi.
Adliya boshqarmasi hamkorligida Navoiy davlat universitetida farmon mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Muloqot davomida hujjat bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament rolini oshirish, iqtisodiy tarmoqlarda, kibermakonda raqamlashtirish mexanizmini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

15
Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz!

Korrupsiya —  adolat va tenglik tamoyillariga putur yetkazadi, fuqarolarning davlatga bo‘lgan ishonchini susaytiradi.

Advokatura sohasini takomillashtirish, advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasini faoliyatiga ko‘maklashish, mediatsiya sohasini rivojlantirish borasida Adliya vazirligi va Advokatlar palatasining 2025-2026-yillarda hamkorligi bo‘yicha chora-tadbirlar rejasining 5-bandiga asosan "Korrupsiyaviy holatlarni oldini olishda advokatlarning o‘rni" mavzusida advokatlarga profilaktik seminar-trninglar tashkil etildi.

Uchrashuv davomida advokatlik faoliyatiga katta xavf tug'dirayotgan korrupsiyaviy omillarni oldini olish hamda korrupsiyaga qarshi kurashishda qonunchiligimizda qabul qilingan so'ngi o'zgarish va qo'shimchalar xususida tushuntirishlar berildi.

Muloqot davomida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, jamiyatdagi iqtisodiy va huquqiy oqibatlari muhokama qilindi.

11
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi

Navbahor tumani adliya bo'limi boshlig'i A.Asadov boshchiligida tumanning favqulotda vaziyatlar bo'limida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli Farmoni va PQ-1-sonli qarorining mazmun-mohiyatini tushuntirish bo'yicha seminar- trening o‘tkazildi.

Shuningdek, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda qonun osti hujjatlari, korrupsiya alomatlari, uning yuzaga kelish sabablari, bartaraf etish yo'llari xususida so'z yuritildi.

Mas'ullar tomonidan o'z faoliyati davomida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish, o‘ziga yuklatilgan funksional xizmat vazifalarini qonun

04
"Korrupsiyaga qarshi kurashishda barchamiz mas'ulmiz"

Uchquduq tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi 6-yongʻin qutqaruv qismida Huquqbuzarliklar profilaktikasi va "Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari yuzasidan targʻibot tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga korrupsiya millat zavoli ekanligi unga faqat birgalikda kurashishimiz lozimligi shuningdek fuqarolar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashish hissini shakllantirish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish"Halollik vaktsinalari" va "Odob-axloq qoidalari" yo‘nalishida  amalga oshirilayotgan amaliy ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Tadbir so'ngida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga tegishli javoblar berilib mavzu yuzasidan tarqatma materiallar flayer va bukletlar tarqatildi.

29
Korrupsiya – iqtisodiyot va ijtimoiy muammolar manbai

Adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan Navoiy davlat universiteti talabalari hamda Navoiy viloyat madaniyat boshqarmasida xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – iqtisodiyot va ijtimoiy muammolar manbai” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, vakolatli davlat organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyati, shuningdek, korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar uchun O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan javobgarlik choralari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, o'tkazilgan tadbirlar davomida anonim so‘rovnomalar o‘tkazilib, talabalar va xodimlarning korrupsiyaga oid fikrlari o‘rganildi.

19
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi 

Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida adliya boshqarmasi hamda mazkur ta'lim muassasasining sohaga mas'ul xodimlari tomonidan yoshlar bilan  “Korrupsiya taraqiyyot kushandasi!” mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Yoshlar orasida korrupsiyaga oid jinoyatlarga qarshi kurashishda immunitetni shakillantirish maqsadida mazkur davra suhbati tashkil etilgan bo'lib, jamiyat va davlat rivojiga korrupsiyaning naqadar katta xavf ekanligi xususida tushuntirish berildi.

Shuningdek, tadbir davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Manfaatlar to'qnashuvi to'g'risidagi”gi qonunlar hamda turli qonun osti hujjatlari, korrupsiya alomatlari, uning yuzaga kelish sabablari xususida so'z yuritildi.

05
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH OMMAVIY HARAKATGA AYLANISHI KERAK!!!

Mamlakatimizda korrupsiya qarshi kurashish tizimini yangi bosqichiga ko'tarish zamon talabiga aylandi. Davlat rahbari tomonidan 2025-yilning 24-aprel kuni qabul qilingan PF-71-son farmoni bu borada yangi vazifalarni belgilab berdi.
Adliya boshqarmasi tomonidan joylarda farmon mazmun-mohiyati yuzasidan huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi qo'mitasining Navoiy viloyat boshqarmasida bo'lib o'tdi.
Muloqot davomida hujjat bilan korrupsiyaga qarshi kurashishda parlament rolini oshirish, iqtisodiy tarmoqlarda, kibermakonda raqamlashtirish mexanizmini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

14
Korrupsiya – jamiyat taraqqiyoti kushandasi

Navbahor tumani adliya bo'limi  tomonidan tumanning favqulotda vaziyatlar bo`limida "Korrupsiya-jamiyat kushandasi" mavzusida seminar- trening o‘tkazildi.

Tadbirda “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi, “Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida”gi qonunlar hamda qonun osti hujjatlari, korrupsiya alomatlari, uning yuzaga kelish sabablari, bartaraf etish yo'llari xususida so'z yuritildi.

Mas'ullar tomonidan o'z faoliyati davomida korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga qarshi kurashish, o‘ziga yuklatilgan funksional xizmat vazifalarini qonun talablari asosida bajarish, har qanday noqonuniy harakat javobgarlikka asos bo'lishi haqida yig'ilganlarga   tushuntirishlar berilib, flayer va bukletlar tarqatildi.