Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

ISHSIZLIK NAFAQASINI TO‘LASH TARTIBI O‘ZGARTIRILDI


ISHSIZLIK NAFAQASINI TO‘LASH TARTIBI O‘ZGARTIRILDI

Ishsizlik nafaqasi ilgari ishlamagan va birinchi bor ish qidirayotganlarga 12 oylik davr mobaynida faqat 13 hafta to‘langan bo‘lsa, endilikda ishsizlik nafaqasi barcha toifadagi ishsiz shaxslarga 12 oylik davr ichida 26 kalendar hafta davomida to‘lanishi belgilanmoqda. Ishsizlik nafaqalari quyidagi miqdorlarda to‘lanadi:
-  ishdan va ish haqidan so‘nggi 12 oy davr ichida mahrum bo‘lgan shaxslarga — avvalgi ish joyidagi o‘rtacha oylik ish haqining 50 foiz, lekin mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdoridan oz bo‘lmagan va nafaqani hisoblash paytidagi o‘rtacha ish haqidan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
-   ishdan va ish haqidan mahrum bo‘lgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1 baravari miqdorida (1-fevraldan 747 300 so‘m);
-   ilgari ishlamagan va birinchi marta ish qidirayotgan shaxslar uchun — belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining kamida 75 foiz miqdorida.
Mazkur choralar natijasida ishsizlar ish qidirish davrida moddiy qo‘llab-quvvatlanadi va 80 mingga yaqin ishsizga nafaqalar tayinlanadi. Ish qidirayotgan va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi ham takomillashtirildi.