Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

LOTIN YOZUVIGA O‘TISH VAQTI KELDI


  O'zbek lotin yozuvi - lotin grafikasiga asoslangan harf tovush (fonografik) yozuv turi. O'zbek xalqi va yozuvi tarixida 2 marta joriy etilgan. O'zbek yozuvini arab grafikasidan lotin grafikasiga o'tkazish haqidagi dastlabki qaror 1929 yil 15-23 may kunlari Samarqand shahri (O'zbekistonning o'sha davrdagi poytaxti)da bo'lib o'tgan respublika adiblari, til-imlochilari va umuman yetakchi ziyolilar ishtirokidagi konferensiyada qabul qilingan va bu qaror 1929 yil 10 avgustda tasdiqlangan. Samarqand konferensiyasida qabul qilingan “lotinlashtirilgan o'zbek alifbosi” 33 harf va bir belgi (apostrof)dan iborat bo'lgan. Konferensiyada singarmonizm o'zbek adabiy tili uchun xos hodisa deb topilishi va alifboga 9 ta unli uchun alohida harflar kiritilgani, shu asosda ishlab chiqilgan imlo qoidalari keyinchalik o'zini oqlamadi, amalda imloda boshdoqlik vujudga keldi, ayni bir so'z bir necha xil yoziladigan bo'ldi. Natijada bu masala 1934 yil yanvarda bo'lib o'tgan Til va imlo masalalariga bag'ishlangan respublika qurultoyida qayta muhokama qilinadi va alifboga tegishli o'zgarishlar kiritiladi.

O'tgan asrning 30-yillari 2-yarmidan o'zbek yozuvini rus grafikasi asosida shakllantirish ishlari boshlanib, bu jarayon 1940 yilda yangi alifbo qabul qilinishi bilan yakunlandi. Shu yildan to O'zbekiston mustaqillikka erishgungacha bo'lgan davrda rus grafikasi asosidagi o'zbek alifbosining qo'llanishi rus tili mavqeining oshib borishi, hatto “ikkinchi ona tili” darajasiga ko'tarilishiga, o'zbek tili mavqeining esa pasayishiga, qo'llanish doirasining torayishiga olib keldi. O'zbekiston mustaqillikka erishgandan so'ng respublikada o'zbek yozuvini rus grafikasidan yana lotin grafikasi asosidagi yozuvga o'tkazish haqida fikr- mulohazalar o'rtaga tashlanadi. Bu masala bir yil davomida ommaviy axborot vositalarida keng jamoatchilik ishtirokida atroflicha muhokama qilinib, 1993 yil 2 sentyabrda O'zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosini joriy etish to'g'risida”gi qonuni e'lon qilindi. Yangidan qabul qilingan o'zbek alifbosi 31 harf va bir tutuq belgisi (apostrof)dan iborat deb belgilandi.

Ayni paytda barcha tashkilot va muassasalarda lotin alifbosiga o‘tish ishlari olib borilmoqda.Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, tuman va shahar bo‘limlarida ham mazkur jarayon tizimli ravishda tashkil etib borilmoqda.

-       Muassasada ishlayotgan xodimlarda avvalo lotin alifbosi bilish darajasini oshirish maqsadida ma’rifat kunlarini tashkil etmoqdamiz.Shuningdek xujjatlar qayta ko‘rib chiqilayapti. Qolaversa, imlo qoidalari bilan bog‘liq qo‘llanmalarnini electron shakllarini yuklab, ish jarayonida foydalanish uchun xodimlarga tarqatilmoqda. –deydi boshqarma bo‘lim boshligi A.Axmedov

 

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi

Axborot xizmati