Янгиликлар
19
Sayyor qabul manzili - Gʼozgʼon shahri
Joriy yilning 19 fevral kuni Navoiy viloyat adliya boshqarmasi boshligʼi А.Sarabekov va viloyat maʼmuriy sudi raisi А.Murodovlar tomonidan viloyatning Gʼozgʼon shahar “Guliston” MFYda aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda Gʼozgʼon shahar korxona va tashkilot rahbarlari hamda 40ga yaqin fuqarolar ishtirok etdi.
Qabul jarayonida fuqarolarning imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish tartibi boʼyicha berilgan savollariga joyning oʼzida huquqiy tushuntirish berildi.
Jumladan, “Shayxon” MFYda yashovchi fuqaro N.Qulmurotovning murojaati yuzasidan unga ushbu murojaat Gʼozgʼon shahar adliya boʼlimi tomonidan koʼrib chiqilib, imtiyozli ish oʼrinlarida ishlaganlik faktini belgilash haqida fuqarolik ishlari boʼyicha Navbahor tumanlararo sudiga ariza kiritilganligi, ushbu masala sud jarayonida ekanligi taʼkidlab oʼtildi.
Sayyor qabulda jismoniy va yuridik shaxslarning yer ajratish, kadastr, soliq, moddiy yordam va boshqa masalalari yuzasidan 5 ta murojaatlar qabul qilindi hamda 10dan ortiq murojaatiga joyning oʼzida huquqiy tushuntirish berildi