Янгиликлар
HUQUQIY MULOQOT MAYDONI
HUQUQIY MULOQOT MAYDONI
Navoiy viloyat hokimligida adliya boshqarmasi tashabbusi bilan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 6166-sonli farmonida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta'minlash, davlat hokimiyati organlari, tashkilot va muassasa rahbarlariga qonun hujjatlari mazmun-mohiyatini tushuntirish va uslubiy rahbarlik qilish maqsadida o'quv-seminari tashkil etildi.Tadbirda tuman, shahar hokimlari, sudlar, prokuratura organlari, IIB, soliq idoralari mas'ullari, tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etishdi.
Muloqot mobaynida tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlash, yer-auksion, ijtimoiy himoya, bandlik masalalariga oid normativ huquqiy xujjatlar va ularning ijrosini tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud kamchiliklar hamda istiqboldagi vazifalar xususida so'z yuritildi.
Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda zamonaviy boshqaruv uslublarini amaliyotga joriy etish, nazorat qilish va ijroni tekshirish shakllarini takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Davlat boshqaruvi organlari rahbarlari hamda hududlar hokimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish bo‘yicha qat’iy chora-tadbirlar belgilanib, qonun xujjatlari ijrosini samarali tashkil etishning aniq mexanizmlari ishlab chiqilayapti.
Amaliy seminar shaklida o‘tkazilgan muloqot davomida viloyatda o‘tgan davr mobaynida norma ijodkorligi borasida amalga oshirilgan ishlar haqida so‘z yuritilib, tuman, shahar hokimlari va davlat organlari, tashkilot va muassasa rahbarlariga adliya boshqarmasi tomonidan qonun xujjatlari ijrosini tashkil etish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berildi.