Янгиликлар
24
ОЛИС ҲУДУДЛАРГА ТАШРИФ
Viloyat markazidan 400km uzoqlikda joylashgan "Ko'kpatas" ovul fuqarolar yig'inida adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o'rinbosari G'.Primov ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Qabul jarayonida ijtimoiy nafaqa olish, bandlik, aliment undirish, imtiyozli shartlarda kredit olish, yo'l harakati bilan bog'liq masalalarda murojaatlar tinglanib, ularga qonuniy tartibda tushuntirishlar berildi.
- Men ayni paytda ishsizman ammo geologiya yo'nalishida mutaxassisligim bor.Bugungi sayyor qabulda ishtirok etganim menga juda foydali bo'ldi. Kokpatas geologiya qidiruv ekspeditsiyasiga ishga kirish istagini bildirgan edim. Shu yerda deyarli masalam hal bo'ldi.Men mutasaddilarga kerakli xujjatlarni taqdim etdim. Ishim ijobiy tomonga yechilishini aytishayapti.-deydi mahalla fuqarosi Berek Tilavov