Янгиликлар
29
Senat fuqarolik olishni soddalashtirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
Senat O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. 2005 yilgacha O‘zbekistonga kelgan fuqaroligi bo‘lmaganlar va kamida 15 yil mamlakat hududida yashagan shaxslar O‘zbekiston fuqaroligini olishlari mumkin.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati 29 may kuni yalpi majlisda «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida"gi Qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritishni ma’qulladi. Bu haqda parlament yuqori palatasi matbuot xizmati xabar qildi.
Qonun quyidagi shaxslarni O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilishni ko‘zda tutmoqda:
O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga tuzatish va o‘zgartishlar kiritish 2021 yilgi Davlat dasturida ham ko‘zda tutilgan.
Qonun kuchga kirishi uchun prezident tomonidan imzolanishi lozim.

- 2005 yil 1 yanvarga qadar (amaldagi tahrirda — 1995 yil 1 yanvarga qadar) O‘zbekiston hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan va muqaddam chet davlat fuqaroligiga ega bo‘lmagan shaxslar;
- 15 yil davomida O‘zbekiston hududida fuqaroligi bo‘lmagan shaxs moqomida yashab kelayotgan shaxslar;
- ota-onalaridan biri O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashaydigan bolalar.
O‘zbekiston fuqaroligi to‘g‘risidagi qonunga tuzatish va o‘zgartishlar kiritish 2021 yilgi Davlat dasturida ham ko‘zda tutilgan.
Qonun kuchga kirishi uchun prezident tomonidan imzolanishi lozim.