Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Muddatidan ilgari pensiya tayinlash tartibiga o‘zgartirishlar kiritildi


Pensiya tayinlash tartibiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, rasman ishsiz deb e’tirof etilgan va zarur mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda erkaklarga 58 yoshda, ayollarga 53 yoshda muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi mumkin.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining buyrug‘i bilan Alohida asoslarga ko‘ra mehnat shartnomasi bekor qilinganda ishdan bo‘shatilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibi to‘g‘risidagi yo'riqnomaga o‘zgartirishlar kiritildi.
Hujjat «Aholi bandligi to‘g‘risida"gi O‘RQ-642-son Qonunga muvofiq qabul qilingan.
Yo‘riqnoma quyidagi sabablarga ko‘ra ishdan ozod etilgan xodimlarga muddatidan oldin pensiya tayinlash tartibini belgilaydi: texnologiyadagi, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishdagi o‘zgarishlar, xodimlar soni (shtati) yoki ish xususiyatining o‘zgarishiga olib kelgan ishlar hajmining qisqarganligi yoxud korxonaning tugatilganligi.
Mazkur shaxslarga ular rasman ishsiz deb e’tirof etilgan va zarur mehnat stajiga ega bo‘lgan taqdirda muddatidan oldin (qonun hujjatlarida belgilangan umumiy asoslarga ko‘ra pensiya tayinlash muddatidan ikki yil oldin) pensiyaga chiqish huquqi taqdim etiladi:
  • erkaklar — 58 yoshda bo‘lib, mehnat staji 25 yildan kam bo‘lmagan taqdirda;
  • ayollar — 53 yoshda bo‘lib, mehnat staji 20 yildan kam bo‘lmagan taqdirda.
Birinchidan, «Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonunning yangi tahriri qabul qilinishi munosabati bilan ularga muvofiq Yo‘riqnoma qabul qilingan NHHlar aniqlashtirildi — «Aholi bandligi to‘g‘risida"gi Qonunning 49-moddasining 8-qismi, «Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi Qonunning 14-moddasi, MKning 100-moddasi 2- qismining 1-bandi.
Ikkinchidan, belgilanishicha, ishdan ozod etilgan shaxslar mehnat shartnomasi bekor qilingan kundan so‘ng 30 kalendar kun ichida hududiy aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga murojaat qilsalar, markaz xodimlari 3 oylik davr ichida (avval — agar ishdan ozod etilganlar 10 kun ichida murojaat qilsalar) maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari kerak.
Agarda ozod etilgan shaxslar 30 kalendar kundan keyin murojaat qilsalar, aholi bandligiga ko‘maklashish markazi xodimlari 10 kun muddat ichida maqbul keladigan ishni topishda yordam berishlari zarur.
Ushbu hujjat 4.05.2021 yildan kuchga kirdi.