Янгиликлар
15
O‘zbekiston fuqaroligini olish tartibi soddalashtirildi
Prezident O‘zbekiston fuqaroligini olishni soddalashtiruvchi qonunni imzoladi. 2005 yilgacha mamlakatga kelgan, shuningdek, mamlakatda 15 yildan beri muqim istiqomat qilayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar O‘zbekiston fuqarolari deb tan olinishi mumkin.
Prezident «O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligi to‘g‘risida» gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqidagi qonunni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.
O‘zgartirishga ko‘ra:
Shuningdek, qonunga «identifikatsiyalovchi ID-kartasi» tushunchasi ham kiritildi.
O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan shaxslarga:
Mazkur qonun matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran, 15 iyundan kuchga kiradi.
Prezident 2020 yilni dekabr oyida parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida O‘zbekiston fuqaroligini olish osonlashtirilishini e’lon qilgan edi. Davlat rahbari bu o‘zgarish bilan yana 20 ming kishi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lishini ta’kidlagandi.

- 2005 yil 1 yanvarga qadar O‘zbekistonda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan hamda muqaddam chet davlat fuqaroligida bo‘lmagan shaxs xohish bildirgan taqdirda;
- O‘zbekistonda kamida 15 yil doimiy istiqomat qilgan va shu davr mobaynida chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan shaxslar;
- ota-onasidan biri (yolg‘iz otasi yoki onasi) O‘zbekiston fuqarosi deb tan olingan, chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan va O‘zbekistonda yashab kelayotgan bola xohish bildirgan taqdirda O‘zbekiston fuqarosi deb tan olinadi.
Shuningdek, qonunga «identifikatsiyalovchi ID-kartasi» tushunchasi ham kiritildi.
O‘zbekiston fuqaroligini qabul qilgan shaxslarga:
- ichki ishlar organi tomonidan — O‘zbekiston fuqarosining identifikatsiya kartasi (ID-karta) yoki O‘zbekiston fuqaroligi mavjudligini tasdiqlovchi boshqa hujjat;
- konsullik muassasasi tomonidan — chet elga chiqish uchun O‘zbekiston fuqarosining biometrik pasporti yoki O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlovchi boshqa hujjat beriladi.