Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Qurbon hayiti 20 iyul kuni nishonlanadi, o‘zbekistonliklar 3 kun dam oladi


O‘zbekistonda Qurbon hayiti bayrami 20 iyul kuni nishonlanadi. Bayram munosabati bilan o‘zbekistonliklar 21−22 iyul kunlari ham dam olishadi.
Prezidentning tegishli qarori bilan 20 iyul kuni Qurbon hayitining birinchi kuni etib belgilandi.
Shuningdek, prezidentning 2020 yil dekabrdagi farmonlari bilan 21−22 iyul kunlari ham dam olish kunlari sifatida belgilangandi.
Shunga muvofiq, 17 iyul va 24 iyul kunlari ish kuni deb e’lon qilinadi.
Tegishli tashkilotlarga Qurbon hayitini karantin talablariga amal qilgan holda xalqimizning milliy va diniy an’analariga mos ravishda oila davrasida o‘tkazish afzalligi haqida keng tushuntirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berildi.