Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

«Ochiq byudjet» portali ishga tushdi. Fuqarolar byudjetning bir qismini sarflashda ishtirok etishlari mumkin


O‘zbekistonda yangilangan «Ochiq byudjet» portali ishga tushirildi. Unda davlat byudjeti va qarzi bo‘yicha ma’lumotlar e’lon qilib boriladi. Plaftormada «Tashabbusli byudjet» bo‘limi yaratilgan. U orqali fuqarolar infratuzilmani yaxshilash, xiyobonlar, bolalar va sport maydonchalari, ichki yo‘llarni qurish, maktablarni ta’mirlash va jihozlash hamda boshqa masalalar bo‘yicha loyihalarni taklif etib, mahalliy byudjetning taqsimlanishida ishtirok etishlari mumkin.
9 iyul kuni O‘zbekiston moliya vazirligi yangilangan «Ochiq byudjet» portalini (openbudget.uz) ishga tushirdi, u yerda davlat byudjeti, davlat qarzi haqida ma’lumot e’lon qilinadi va «Tashabbusli byudjet» bo‘limi yaratilgan. Hozircha sayt test rejimida ishlamoqda.
Tashabbusli byudjetlashtirish yoki partisipator byudjetlashtirish — bu aholining byudjet mablag‘larining aniq qismlarini sarflash maqsadida tashabbuslarni ilgari surishi orqali mahalliy boshqaruvda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etishi.
Prezidentning 2021 yil 13 aprel kunidagi qarori bilan (PQ-5072) fuqarolar byudjetni shakllantirish jarayonlarini nafaqat nazorat qilishi, balki byudjet mablag‘larini shakllantirish jarayonidan boshlab ularni sarflashda qatnashishi uchun ham imkoniyat yaratildi.
Byudjet shakllanishi jarayonida jamoatchilik ishtirokini kengaytirish maqsadida tuman va shaharlarda tegishli byudjetlarning tasdiqlangan umumiy xarajatlarining
5 foizini jamoatchilik fikri asosida shakllantirilgan tadbirlarni moliyalashtirishga yo‘naltirish bo‘yicha yangi tartib bosqichma-bosqich joriy etiladi. Hozir ushbu tartib O‘zbekistonning har bir viloyatida bitta tuman yoki shaharda joriy qilingan (jami 14), 2022 yil 1 yanvardan boshlab esa bu tartib mamlakatning barcha tuman va shaharlarida joriy qilinadi.
Ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 2021 yilda respublika byudjet mablag‘lari hisobidan tuman va shaharlar byudjetlariga qo‘shimcha ravishda 92,7 mlrd so‘m ajratiladi. Keyingi yildan boshlab ushbu mablag‘lar tuman va shaharlar byudjetlari parametrlarida nazarda tutiladi.