Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Migratsiya va odam savdosi bo‘yicha Telegram-bot ishga tushirildi


O‘zbekistonlik mehnat migrantlariga yordam berishga mo‘ljallangan Telegram-bot ishga tushirildi. Unda chet elda ishlash va yashash qoidalari, ularning huquq va majburiyatlari, shuningdek, chet elda ishlayotganlarni qo‘llab-quvvatlash turlari to‘g‘risida bilib olish mumkin. Bundan tashqari, botga odam savdosi to‘g‘risida ma’lumot yuborilishi mumkin.
Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi va USAID`ning “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi o‘zbekistonliklar uchun @salom_migrant_bot botini yaratdi.
Ushbu bot orqali migrantlar qonuniy mehnat migratsiyasi va xorijda yashash qoidalari to‘g‘risida ma’lumot olibgina qolmay, odam savdosining mavjud xatarlari to‘g‘risida ham ogohlantiriladi, qaytib kelgan yoki hozirda xorijda bo‘lgan migrantlarga yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha maslahat beriladi.
Bundan tashqari, bot orqali odam savdosi bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan onlayn “dolzarb aloqa"ga murojaat qilish imkoniyati bor. Bu kabi murojaatlar bevosita Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyasi ham yo‘naltiriladi.
“Bot tomonidan taqdim etilgan maslahatlar xorijda xavfsiz ishni topishga yordam beradi va uyga qaytayotgan migrantlarga beriladigan imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumot berib, yordam ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda. Shuningek, bot orqali koronavirusga qarshi kurash va profilaktikasida foydali maslahatlardan boxabar bo‘lish mumkin.