Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Ish beruvchilar vaksina olmagan xodimlarini ishdan chetlatishlari mumkin


Majburiy emlashni qonuniylashtirishga oid hujjat prezident tomonidan imzolandi. Qonun bilan karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori bilan aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilanmoqda. Qolaversa, Mehnat kodeksiga xodim emlashdan o‘tishni rad etgan holda ish beruvchi uni ishdan chetlatishiga haqli degan norma kiritildi.
Prezident 2 avgust kuni «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida"gi qonunni imzoladi.
Hujjat Qonunchilik palatasi tomonidan 27 iyulda, Senat tomonidan esa 31 iyulda ma’qullangan.
Qonun bilan Mehnat kodeksining 113-moddasiga xodim karantinli va yuqumli kasalliklar tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachi qarori asosida profilaktik emlashdan o‘tishni rad etsa (qarshi ko‘rsatma mavjud bo‘lmaganda) ish beruvchi uni ishga qo‘ymaslikka haqli ekanligiga oid ko‘shimcha kiritildi.
«Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, karantinli va xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi tahdidi bo‘lganda Bosh davlat sanitariya vrachining qarori asosida aholini profilaktik emlashdan o‘tkazish joriy etilishi belgilandi.
Mazkur qonun matbuot e’lon qilingan, ya’ni bugundan boshlab kuchga kirdi.
Adliya vaziri Ruslanbek Davletov mazkur o‘zgartishlar haqida fikr bildira turib, ish beruvchi emlashdan bosh tortganni ishdan bo‘shatishi emas, chetlashtirishi mumkin degan edi. «Agarda fuqaro vaksina olishni rad qiladigan bo‘lsa, hech kim uning qo‘l-oyog‘ini bog‘lab, tibbiy muassasaga olib borib vaksina qilmaydi», — deydi vazir.
Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev olimlarning tadqiqotiga asoslanib koronavirus bilan kurash hali yana kamida 10 yil davom etishini ma’lum qildi. U fuqarolarni koronavirusga qarshi emlanishga ham chaqirgan edi. «Vaksina olganlarga shifoxonadan 4 kunda chiqyapti, emlanmaganlarga esa juda og‘ir bo‘lyapti», — dedi u.
Qolaversa, dushanba kungi brifingda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Shavkat Mirziyoyevning vaksina olganini ma’lum qildi.