Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Mualliflik huquqining amal qilish muddati uzaytirildi


Qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar asosida mualliflik huquqining muallif vafotidan keyin amal qilish muddati 50 yildan 70 yilga uzaytirilmoqda.
20 avgust kuni qabul qilingan qonun O‘RQ-709-son bilan intellektual mulk sohasida ayrim qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi.
Hujjat bilan mualliflik huquqi muallifning vafotidan keyin 70 yil davomida amal qilishi belgilandi. Ilgari ushbu muddat 50 yil edi.
Qonunga ko‘ra, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma berilganidan so‘ng Intellektual mulk agentligi talabnoma haqidagi ma’lumotlarni veb-saytiga 1 ish kunida joylashtiradi.
Ushbu e’lon asosida manfaatdor shaxslar Agentlikka talabnoma nohalol topshirilgan ariza haqida e’tiroz bildirishi mumkin.
Qonun 21 avgust kuni e’lon qilindi va shu kundan kuchga kirdi.