Янгиликлар
23
Prezident 20 avgustni «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif etdi
Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlar bilan uchrashuvni har yili o‘tkazish kerakligini ta’kidlab, 20 avgustni mamlakatda «Tadbirkorlar kuni» deb e’lon qilishni taklif qildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 avgustni tadbirkorlar kuni deb e’lon qilish g‘oyasini ilgari surdi.
Davlat rahbari tadbirkorlar bilan uchrashuvdan mamnun bo‘lganligini, bunday uchrashuvlarni har yili tashkil etib, an’anaga aylantirish kerakligi aytdi.
«Qishloq xo‘jaligi xodimi kuni bor, tibbiyot xodimi kuni bor, hammaning o‘z kuni bor, lekin tadbirkorlar kuni yo‘q. Agar sizlar rozi bo‘lsalaring, 20 avgust kunini, ya’ni bugungi kunni O‘zbekistonda „Tadbirkorlar kuni“ deb e’lon qilib, uni har yili yurtimizda keng nishonlasak, bu tashabbusga nima deysizlar», — deya taklif bildirdi Shavkat Mirziyoyev.