Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

SPORT MURABBIYSINING XARAJATLARI QOPLAB BERILDI


Tomdilik S.Аbdullaev tuman adliya boʼlimiga hududdagi Bolalar-oʼsmirlar sport maktabi unga qonunda belgilangan pul mablag‘larini to‘lab bermayotganidan shikoyat qilib murojaat qildi.

U 2020 yilning  sentabr oyidan buyon Tomdi tuman Bolalar-oʼsmirlar sport maktabida ishlab keladi.Fuqaroning murojaati adliya bo‘limi tomonidan o‘rganilganda, unga 2021 yil 1-20 mart kunlari Toshkent shahriga oʼquv mashgʼulot yigʼinlariga ishtirok etish uchun 890,0 ming soʼm xizmat safari xarajatlari, 2021 yil 12-18 aprel kunlari oʼqishga qatnashish uchun ketganligi sababli 3448,0 ming soʼm oylik ish haqlari va 2021 yil 21 iyundan 18 avgustga qadar mehnat taʼtiliga chiqqanligi uchun 2448,0 ming soʼm mehnat taʼtili pullari, jami 6825,0 ming soʼm pul toʼlovlari toʼlanmasdan qolganligi maʼlum boʼldi.

Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasi, 1-qismida ish beruvchi oʼzining moliyaviy holatidan qatʼi nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq ushbu Kodeksning 161-moddasida koʼrsatilgan muddatlarda toʼlashi shartligi qayd etilgan.

Shuningdek, mazkur kodeksining 133-moddasida barcha xodimlarga, shu jumladan oʼrindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi (lavozimi) va oʼrtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat taʼtillari berilishi qayd etilgan.

Bundan tashqari, kodeksning 149-moddasida xodimlar oʼqish bilan bogʼliq taʼtillar olish huquqidan foydalanishlari mumkin ekanligi belgilangan.

Mazkur kodeksning 250-moddasida taʼlim muassasalarida ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oʼqiyotganlarga yillik taʼtillarni ish beruvchi ularning xohishiga koʼra imtihonlar va laboratoriya-imtihon sessiyalari vaqtiga toʼgʼrilab berishi shart ekanligi koʼrsatilgan.

Shunga koʼra, Tomdi tuman adliya boʼlimi tomonidan Bolalar-oʼsmirlar sport maktabi direktoriga fuqaro S.Аbdullaevga toʼlanmasdan qolgan 6825,0 ming soʼm pul toʼlovlari toʼlab berilishi yuzasidan taqdimnoma kiritilib, murojaat ijobiy hal etib berildidi.

O.Nasirov

Tomdi tuman adliya

boʼlimi boshligʼi

1-darajali yurist