Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Vazirliklarning hududiy boʻlinmalari bitta binoga joylashtiriladi


Davlat boshqaruvi organlari va hokimliklar samaradorligini oshirish orqali aholi farovonligini taʼminlash va “mobil boshqaruv apparati”ni yaratish  maqsadida 2022–2023-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturini ishlab chiqish boʻyicha tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Prezident Farmoyishi qabul qilindi.

Farmoyishga koʻra, Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlari dasturi loyihasiga takliflar ishlab chiqilishida quyidagilar ustuvor yoʻnalish hisoblanadi:

- davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash;

- takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish;

- rahbar oʻrinbosarlarining yoʻnalishlar kesimidagi javobgarlik chegaralarini aniq belgilash;

- vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish;

- boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, ish yurituvini toʻliq raqamlashtirish;

- “Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish;

- davlat xizmatlarini toʻliq raqamlashtirish va fuqarolarning sansalorligiga barham berish;

- vazirlik va idoralarning ayrim funksiyalarini nodavlat sektoriga oʻtkazish;

- tegishli vazirlik va idoralarning hududiy boʻlinmalarini bitta maʼmuriy binoga joylashtirish orqali aholiga “Yagona darcha” tizimi asosida xizmat koʻrsatish;

- kadrlarni tanlov asosida va keng raqobat muhitida ishga qabul qilishni toʻliq joriy qilish;

- oʻz ustida ishlamaydigan va masʼuliyati boʻlmagan kadrlarga nisbatan “jamoaviy taʼsir”ni amalga oshirish;

- vazirlik va idoralarda yagona kadrlar reytingini yuritish;

- davlat xizmatchilari tomonidan olinadigan kafolatlangan bepul xizmatlar va vositalar paketini ishlab chiqish;

- tender va tanlovlarni ochiq va shaffof holda oʻtkazish tizimini takomillashtirish;

- xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish;

- mahalliy vakillik organlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish;

- hokimlar, ularning oʻrinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasini aniq belgilash.