Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar DXM yoki my.gov.uz orqali beriladi


   Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19.11.2021-yildagi 693-son Aholiga sanatoriylarda davolanish uchun yo‘llanmalar berish sohasiga axborot-texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risidagi qarori bilan Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi. Maʼmuriy reglamentga koʻra, 2022-yil 1-iyuldan keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar faqat DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.
   Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:

- urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
- halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);
- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;
- I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
- oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar;
- yoshga doir pensiya oluvchilar.

   Davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi.  

   Yoʻllanmalar keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga 12 kunga, yoʻllanmalarning amal qilish muddati boshlanishidan 10 kun oldin (asosli sabablarga koʻra qaytarilgan yoʻllanmalar bundan mustasno) beriladi.

   Yoʻllanmalar faqat ularda koʻrsatilgan muddatlarda haqiqiy hisoblanadi. Yoʻllanmada koʻrsatilgan muddatdan oldin sanatoriyga qabul qilinmaydi, sanatoriyga kechikib kelingan kunlar tiklanmaydi.

Yoʻllanmadan fakat unda koʻrsatilgan shaxsgina foydalanishi mumkin. Bitta yoʻllanma bilan bittadan ortiq kishi (jumladan, yosh bolalar ham) qabul qilinmaydi.
   Qarorga koʻra shuningdek, “Elektron sanatoriy” platformasi ishlab chiqiladi.
   Bunda:
- sanatoriylarga yoʻllanma olish uchun murojaat qilgan aholi elektron axborot tizimi orqali hisobga olinadi;
- yoʻllanmalar boʻyicha navbatni kuzatish imkoniyatini beruvchi mexanizmlar joriy etiladi.

Uchquduq tuman adliya boʻlimi boshligʻi 
M.Umerzakov