Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

29

XODIMNING O,25 STAVKASI QAYERGA KETDI?


   Tashkilot va xodim oʻrtasidagi mehnat munosabatlari har ikkalasining roziligi asosida amalga oshirilishi shart. Аmmo Zarafshon shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazida bu tartibga amal qilinmagan. Markaz xodimi Shaxlo Rajabova uning 0,5 ish stavkasi hech qanday ogohlantirishlarsiz 0,25 stavkaga tushirilgani va ish oʻrnini tiklab berishda amaliy yordam soʻrab Zarafshon shahar adliya boʻlimiga murojaat qildi.

   Holat oʻrganilganda fuqaro Sh.Rajabova Zarafshon shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markaziga “Bolalar va oʻsmirlar gigienasi vrachi yordamchisi” vazifasiga muayyan muddatga ishga qabul qilingani,sohadagi islohatlar natijasida Markaz faoliyatida uning shtat birliklarida ham oʻzgarishlar roʻy bergani maʼlum boʻldi. Mazkur jarayonda muassasa rahbarining buyrugʻi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 100-moddasi, 2-qismi, 1-bandiga xodimlar oʻrtasida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.Markaz faoliyati tizimli yoʻlga qoʻyilgach xodimlar ish oʻrinlariga qaytishgan.

   Аmmo mening joyimga boshligʻim boshqa xodimni ishga oldi. Аvvaliga bundan xabarim yoʻq edi. Haqqimni talab qilib kirganimdan keyin menga 0,25 stavka ish ajratdi. Bu boʻyicha ham hech qanday xujjatga qoʻl qoʻymadim - deydi Sh.Rajabova

   Zarafshon shahar adliya boʻlimining aralashuvidan soʻng, Mehnat kodeksining 108-moddasiga asosan , fuqaroning murojaati ijobiy hal etildi