Янгиликлар
01
Korrupsiya - millat kushandasi.
KORRUPSIYA –MILLAT KUSHANDASI
Korrupsiya botqogʻiga botgan amaldorlar jamiyat taraqqiyotiga gʻov boʻlib, umri xalqqa xiyonat qilish, yosh avlod ongini zaharlash bilan oʻtishini endi keng jamoatchilik yaxshi tushunadi. Bu illatga qarshi kurash – toza vijdonli, oriyatli ziyolilarning qalb amriga aylanmogʻi lozim. Navoiy mashinasozlik zavodi ishlab chiqarish birlashmasida “Korrupsiya millat kushandasi ” mavzusidagi davra suhbati tinglovchilarni yanada teran fikrlashga undadi. Tadbirda adliya organlari, oily ta’lim muassasalarining professor o’qituvchilari ishtirok etdi.
Navoiy shahar adliya boʻlimi boshligʻi yoshlar dunyoqarashini munosib ravishda shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirib borish qanchalik muhim ekanligini alohida taʼkidladi. Buning uchun eng avvalo Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi qonunini teran nigoh bilan oʻqib-oʻrganish zarur.
Bugungi kunda har bir davlatda korrupsiyaga qarshi kurash davom etmoqda. Tadbirda shu haqda soʻz yuritilar ekan, mamlakatimizda ham bu borada amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning huquqiy asosi tilga olindi.
Muloqot mobaynida Oʻzbekiston Respublikasi davlat bayrogʻi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi asosida demokratik islohotlar yoʻlini qat’iy davom ettiramiz” mavzusidagi ma’ruzasi haqida ham ma’lumotlar berib oʻtildi.