Янгиликлар
01
BIZ “KONTROFAKT”SIZ BOZORNI TANLAYMIZ
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 28 yanvardagi “Intellektual mulk ob'ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4965-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, viloyat intellektual mulk himoyasi markazi bilan hamkorlikda hududlardagi savdo rastalarida kontrafakt mahsulotlari o‘rganilmoqda.
Dastlabki manzil Navoiy shahridagi markaziy dehqon bozori. Bozor -bu iqtisodiy raqobat maydonidir. Bunda tadbirkorning halol bo‘lishi asosiy mezon hisoblanadi.Ammo, har doim ham bunday bo‘lavermaydi. Ba’zida, o‘zganing noniga sheriklar topiladi. Bu holat ma’lum bir brendni qalbakilashtirish orqali amalga oshirilmoqda.Ana shunday paytda intellektual mulkning huquqiy himoyasi nihoyatda muhim.
Tadbir mobaynida bozor hududida faoliyat yurituvchi tadbirkorlarga "Kontrafakt" mahsulotlar to'g'risida tushuntirishlar berilib, ularning huquqiy oqibati haqida aytib o‘tildi. "Kontrafakt" mahsulotlarni sotish qonunga xilof ekanligi bo‘yicha ogohnomalar tarqatildi. Shuningdek tadbirkorlarga "Kontrafakt" maxsulotlar katalogi ma'lumot uchun taqdim etildi.