Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

03

Adliya faoliyatidan


     Zarafshon shaharida istiqomat qiladigan Z.Abdullayev shahar adliya bo'limiga ish haqini undirib berishda yordam so'rab murojaat qildi.

     Ma'lum bo'lishicha fuqaro 2018-2019 yillarda “Bahor savdo kompleksi” ma'suliyati cheklangan jamiyatida direktor o'rinbosari lavozimida ishlagan. Hozirda mazkur tashkilot “Bahor savdo kompleksi” aktsiyadorlik jamiyati sifatida faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Biroq tashkilot mutasaddilari uning ishlagan davrida qolib ketgan oylik ish haqini to'lab berishmagan. Fuqaroga tashkilot shakli o'zgartirilgani asos sifatida ko'rsatib kelingan.

     O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 154-moddasiga muvofiq ish beruvchi o'zining moliyaviy holatidan qat'iy nazar, xodimga bajargan ishi uchun haqni belgilangan mehnat haqi shartlariga muvofiq tegishli muddatlarda to'lashi shart. Mazkur kodeksning 161-moddasida mehnatga haq to'lash muddatlari jamoa shartnomasi yoki boshqa lokal normativ hujjatda belgilanadi va har yarim oyda bir martadan kam bo'lishi mumkin emasligi belgilangan. Bundan tashqari, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 17 noyabrdagi “Ish haqi bo'yicha hisob-kitoblar o'z vaqtida amalga oshirilishi uchun vazirliklar, idoralar va xo'jalik yurituvchi sub'ektlar rahbarlarining javobgarligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi 504-sonli qarorining 1-bandiga muvofiq, vazirliklar va idoralarning, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar birinchi rahbarlari ish haqining o'z vaqtida to'lanishini ta'minlash va ushbu maqsadlar uchun nazarda tutilgan mablag'lardan maqsadli foydalanilishi uchun shaxsan javob berishlari belgilangan. Shu asosga ko'ra, fuqaroga oylik ish haqlarini to'liq undirib berildi.