Янгиликлар
06
Adliya faoliyatidan
“Va’daga vafo” tadbirkotlikning asosiy shartlaridan biri. Faoliyatda agar mazkur tamoyilga amal qilinmasa, muammolar yuzaga kelishi tabiiy. “KARMANA MEGA STROY-2019” mas’uliyati cheklangan jamiyati ham ana shunday vaziyat bilan yuzlashdi. MCHJ Karmana tuman adliya bo‘limiga 769 513 359 so‘mlik qarzlarini undirishda muammo yuzaga kelayotgani va ushbu masalani yechishda amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Aniqlanishicha, “KARMANA MEGA STROY-2019” MCHJ tomonidan Navoiy shahar maktabgacha taʼlim boʼlimiga qarashli 2-sonli maktabgacha taʼlim tashkilotida 521,7million, 11-sonli MTTda 274million , jami, 769 513 359 soʼmlik qurilish-montaj ishlari bajarilgan.
Amalga oshirilgan ishlar yuzasidan “Suv taʼminoti va oqava suv obʼektlrni qurilishi boʼyicha injiniring kompaniyasi hududiy viloyat boshqarmasi”, Navoiy shahar maktabgacha taʼlim boʼlimi, “KARMANA MEGA STROY-2019” MChJ, 2 va 11-son MTTlari tomonidan tuzilgan dalolatnoma, quruvchi va qurilish tashkiloti o‘rtasida 55-sonli pudrat,keyinchalik bunga qo‘shimcha ravishda imzolangan kelishuv shartnomasi ham mavjud. Mazkur asoslarga binoan, ab’ekt bugungi kunda foydalanishga topshirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 631-moddasida, “Pudrat shartnomasi bo‘yicha bir taraf (pudratchi) ikkinchi taraf (buyurtmachi)ning topshirig‘iga binoan maʼlum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to‘lash majburiyatini oladi. Аgar qonun hujjatlarida yoxud taraflar kelishuvida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, ishni bajarish uchun pudratchi tavakkal qiladi” deb ko‘rsatilgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi plenumining 23.12.2016 yildagi “Istisodiy sudlar tomonidan qurilish pudrati shartnomasidan kelib chiqadigan nizolarni hal etishda qonun hujjatlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi 306-son qarorining 2.3-bandida “Sudlarning eʼtibori qurilish pudrati shartnomasida muhim shartlarning mavjud bo‘lmaganligi va shunga ko‘ra shartnoma tuzilmagan deb hisoblashini, agar bunday ishlarning bajarilganligi holati taqdim etilgan dalillar bilan isbotlansa, bajarilgan ishlar qiymatini undirish to‘g‘risida talabni rad etishga asos bo‘lmasligiga qaratilishi ko‘rsatilgan.
Shu asosga ko‘ra, tuman adliya bo‘limi tomonidan Karmana tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi kiritilib, murojaat tadbirkor manfaatida hal etib berildi.
Aziz Axmedov
Karmana tumani adliya bo‘limi boshlig‘i