Янгиликлар
07
E’TIBOR VA E’TIROF
Navoiy viloyati adliya boshqarmasida O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.Tadbirda erkin va farovon turmushimiz asosi hisoblanmish bosh qomusimizning xalqaro nufuzi va xalqimiz hayotidagi o'rni haqida so'z yuritildi.Shundan so'ng, adliya organlari tizimida samarali faoliyat yuritgan, tashabbuskorligi, mehnatsevarligi va fidoyiligi bilan namuna ko‘rsatolgan bir guruh xodimlarga adliya vazirligi va boshqarma tomonidan faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.
Adliya boshqarmasi boshlig'ining birinchi o‘rinbosari G‘aybullo Sadulloyevich Primovning adliya vazirligi tomonidan "Adliya a'lochisi" ko'krak-nishoni bilan taqdirlangani ham alohida e’tirofga loyiq.
Kasbga sadoqat, mehnatsevarlik va fidoyilik e’tibor va hurmatga munosib.Bu adliya qadriyatlarining asosiy tamoyillaridan biridir. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29 yilligi arafasida tizimda namunali faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning rag‘batlantirilayotgani, kelgusida yangi g‘oya va tashabbuslarning yanada ortishi, ishchanlik muhitining tizimli ravishda shakllanib borishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.