Янгиликлар
10
Adliya faoliyatidan
Konimex tumanida 16 nafar fuqaroning ish stajini tiklash bilan bog‘liq masalasi sayyor tartibda o‘tkazilgan sud majlisida ko‘rib chiqildi. Sudga daʼvo arizalari tuman adliya bo‘limi tomonidan kiritilgan.
- Men Konimex tumanining “Zafarobod” mahallasida yashayman. Аqlimni taniganimdan boshlab, kuchdan qolgunimga qadar turli tashkilotlarda ishlab keldim.Lekin pensiya yoshiga yetganimda pulim men tengi ishlaganlardan ancha kam chiqdi.Аdliya tamonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda shu masalamni aytgandim.Ishim ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, osongina hal bo‘ldi.-deydi Zamira Djuraeva
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 81-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 29 noyabrdagi “Davlat pensiya taʼminoti bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi 44-sonli qarorinng 23-bandi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti to‘g‘risida”gi Qonun 42-moddasi va “Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi Nizomning 80-bandiga binoan mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi ko‘rsatilgan. Аrxivga ish haqi to‘g‘risida maʼlumotnomalar taqdim etilmagan holatda yuqoridagi qonun xujjatlariga asosan, mehnat daftarchasi orqali ish stajini tiklash imkoniyati mavjud.
Shu asosga ko‘ra, tumanlararo maʼmuriy sudiga kiritilgan daʼvo arizalari qanoatlantirilib, Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi Konimex tuman bo‘limiga fuqarolarning ish stajlarini inobatga olish bo‘yicha qaror qabul qilindi.
Nurali Isroiloм
Konimex tumani adliya bo‘limi boshlig‘i