Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Adliya faoliyatidan


Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Navoiy konchilik institutida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ulig‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon” mavzusida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda oliy ta’lim muassasalari professor o‘qituvchilari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi mas’ullari va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Aytib o‘tish joiz,Oʼzbekiston Respublikasining Davlat Madhiyasi “Serquyosh hur oʼlkam” ashulasi hisoblanadi.U Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oʼn birinchi sessiyasida, 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan “Oʼzbekiston Respublikasi Davlat Madhiyasi toʼgʼrisidagi” qonuni asosida kiritilgan. Davlat Madhiyasi Oʼzbekiston Respublikasi xalq qahramoni Аbdulla Oripov soʼzi, Mutal Burxonov musiqasi asosida yaratilgan. Madhiyamizning birinchi ijrochisi va ijro etaloni Oʼzbekiston Milliy simfonik orkestri hisoblanadi