Янгиликлар
14
Adliya faoliyatidan
✔️2021 yilning 12-13 dekabr kunlari Adliya vazirligi tashabbusi bilan barcha yuridik texnikum o‘quvchi yoshlari o‘rtasida «Idrok» intellektual o‘yinining yakuniy Respublika bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi.
✅ Mazkur tanlaovning natijalarga ko‘ra 1-o'rinni qo'lga kiritgan Navoiy viloyati yuridik texnikumi yoshlarini taqdirlash marosimida viloyat adliya boshqarmasi tomonidan ota - onalarga minnatdorchilik xatlari hamda esdalik sovg'alari tantanali ravishda topshirildi.
Viloyat adliya boshqarmasi boshlig'i A.Sarabekov "Advokatlar" jamoasining mazkur g'alabasi yoshlarimiz uchun adliya vazirligi hamda yuridik texnikum tomonidan yaratilgan munosib sharoit hamda intellektual o'yinlarning doimiy tashkil etilishining natijasi ekanligini ta'kidlab o'tdi.
Taqdirlash marosimida g'olib jamoa a'zolari hamda ularning ota-onalari o'z fikr va mulohazalarini bildirib o'tishdi.