Янгиликлар
16
Adliya faoliyatidan
Yurtimizda shunday hududlar borki, u yerda ishlovchi xodimlarning oyliklariga qo‘shimcha ravishda ustama haqlari to‘lab berilishi lozim. Bu tartib O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2001-yil 1-apreldagi 2 va 33-son qarori bilan tasdiqlangan “Uchquduq, Zarafshon, Nurobod shaharlari va shahar tipidagi Zafarobod posyolkasi byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlariga muayyan davr ishlaganlik uchun oylik to‘lovlar to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablarida ko‘rsatib o‘tilgan.Mazkur hujjat ijrosi Uchquduq tuman adliya bo‘limi tomonidan monitoring qilindi.
Aniqlanishicha hududdagi bir guruh fuqarolarga jami 25 461 436 so‘m miqdordagi pul mablag‘lari to‘lab berilmagan.
Tumandagi 14-DMTT tarbiyachisi D.Yarashova qariiyib 20 yil davomida hududda ta’limi tizimida faoliyat yuritgan. Belgilangan tartibga ko‘ra, unga uzoq yil ishlaganlik uchun 25% miqdorda ustama pullari oylik haqiga qo‘shib to‘lanishi kerak. Xodimning 2020-2021yillar uchun oylik to‘lovlari noto‘g‘ri hisoblanib, 8 171 907 so‘m ish haqiga qo‘shimcha to‘lovlar to‘lanmasdan qolgan.
Shunga asosan, adliya bo‘limi tomonidan tuman maktabgacha ta’lim bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, xodmlarga to‘lanmay qolgan pul mablag‘lari undirib berildi.
Ma’ruf Umerzakov
Uchquduq tuman adliya bo‘limi boshlig‘i