Янгиликлар
17
Adliya faoliyatidan
Bugungi kunda Navoiy viloyat adliya boshqarmasi, tuman(shahar) adliya bo‘limlari tomonidan davlat organlari, tashkilot va muassasalarda “Huquqiy axborot soatlari” tashkil etib kelinmoqda. Axborot soatlarida soha vakillariga qonunchilikdagi yangiliklar to‘g‘risida ma’lumot berib borilayapti. Ana shunday tadbirlardan biri Navoiy shahar adliya bo`limi tomonidan hududdagi 11-sonli jazoni ijro etish muassasida o‘tkazildi. Bunda xodimlarga qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar haqida huquqiy tushuntirish berilib,savol-javob tashkil etildi.