Янгиликлар
24
Gazdan foydalanish qoidalari bo`yicha amaliy seminar
Ma’lumotlarga qaraganda, kuzgi-qishki isitish mavsumida sodir bo‘layotgan favqulodda vaziyatlarning aksariyati is gazidan zaharlanish holatlari bilan bog‘liq. Is gazi (SO) rangsiz, hidsiz zaharli birikma bo‘lib, tabiiy gaz, yoqilg‘i, ko‘mir, o‘tin cho‘g‘lari to‘liq yonmasligi oqibatida xosil bo‘ladi. Tutun tarkibida 3%, ishlangan gazda 13%, portlovchi gazlar tarkibida esa 50−60% gacha is gazi bo‘ladi. Navoiy viloyat adliya boshqarmasida tashkil etilgan navbatdagi ma’naviyat soati is gazidan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida yuzaga kelayotgan baxtsiz hodisalar, ularning oldini olish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar va qonunchilikda belgilangan normalar haqida so‘z yuritildi.
Muloqot davomida gaz plitasidan binoni isitish va uning ustida kiyimlarni quritish, shuningdek plitani nazoratsiz yoqilgan holatda qolishiga yo‘l qo‘ymaslik, bundan tashqari, gaz sizib chiqayotganini ochiq olov, masalan gugurt chaqib tekshirib ko‘rish mumkin emasligi,gaz ballonlarini issiqlik manbaiga yaqin joyda qoldirmaslik lozimligiga urg‘u berildi. Shundan so‘ng mutaxassislar gaz qurilmalari va o‘lchagizlari, ulardan foydalanish usullarini amaliy mashg‘ulotlar davomida ko‘rsatib berishdi.