Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Adliya faoliyatidan


  Navoiy viloyat adliya boshqarmasida “Yoshlar huquqiy aksiyasi” tashkil etildi.  Unda umumta’lim maktablarining ixtisoslashtirilgan huquq sinflari,adliya organlari tizimida tashkil etib kelinayotgan loyiha va ko‘rik-tanlovlari g‘oliblari, huquq va tarix  fanlari nomzodlari hamda fan o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

  Aytib o‘tish joiz, joriy yilda viloyat adliya  va xalq ta’limi boshqarmalari o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Unga asosan, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, mazkur yo‘nalishdagi bilmlarini amaliy mashg‘ulotlar bilan mustahkamlash adliya organlari masuliyatiga yuklatilgan edi.

  Shu kunga qadar, adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo‘limlari tomonidan joylardagi umumta’lim maktablarida huquqiy dars soatlari amaliy mashg‘ulotlar shaklida tashkil etib borilmoqda. “Yoshlar huquqiy aksiyasi”ni  ham mazkur yo‘nalishdagi tadbirlarning mantiqiy davomi deyish mumkin.

  Aksiya doirasida “ Tarixni asrash burchim, uni tadbiq etish huquqimdir!” mavzusida ko‘rgazma, “Tasavvurimda - huquq” yo‘nalishida rasmlar tanlovi, “Huquqiy ta’limning innovatsion shakli” mavzusida taqdimot tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, adliya boshqarmasi xodimlari tomonidan “Adliya organlari faoliyatining yangi bosqichi”, “Huquqiy xizmat ko‘rsatish: kecha va bugun”, “Huquq jurnalistikasi” mavzularida medea-muloqotlar tashkil etildi.  

  Shundan so‘ngi, yoshlarning siyosiy dunyoqarashini kengaytirish, huquqiy savodxonligini oshirish, ularda vatanparvarlik g‘oyalarini shakllantirishda hissa qo‘shib kelayotgan  bir guruh o‘qituvchilar va faol yoshlar adliya boshqarmasining diplom va esdalik  sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.