Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

E’TIROF


   Adliya vazirligi “Gender tenglikni taʼminlashda eng faol huquqni muhofaza qiluvchi organ” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi

   Oliy Majlis Senati, Gender komissiyasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan o‘tkazilayotgan "Gender tenglik faoli" milliy ko‘rik-tanlovining natijalari eʼlon qilindi.

   Unga ko‘ra, Adliya vazirligi ‘Eng yaxshi huquqni muhofaza qiluvchi organ‘ nominatsiyasi bo‘yicha eʼtirof etildi.

   Maʼlumot uchun: Bugungi kunda adliya tizimida 7000 dan oshiq xodimlar faoliyat olib borayotgan bo‘lsa, ularning 38 foizi ayollardir. Birgina Markaziy apparatning o‘zida 10 nafar ayol rahbar lavozimda ishlamoqda.

   Shuningdek, adliya tizimidan yuqori tashkilotlarga bir qancha ayollar ishga o‘tishgan bo‘lib, bu tashkilotda ayollarning kasbiy o‘sishi va mansab pillapoyalaridan yuqorilashi uchun yuqori darajada sharoit va imkoniyatlar yaratib berilganining amaldagi isbotidir.

   Shuningdek, vazirlik o‘z vakolati doirasida gender tenglikni taʼminlash borasida qonunchilikka qator takliflar berib kelmoqda va bugungi kunda ushbu takliflar amalda.

   Barchaga navbatdagi eʼtirof muborak bo‘lsin!
Bunday jamoada ishlash har bir AYOL uchun BAXT bo‘lsa kerak