Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Adliya faoliyatidan


   Navoiy viloyati adliya boshqarmasida viloyat sudi bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda mahalliy hokimiyat, huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari,notariuslar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi mas’ullari ishtirok etishdi.
   Muloqot avvalida jamiyatda bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini ta’minlash, faoliyatda qonuniylikka rioya etish fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash kafolati ekanligigga urg‘u berilib, bu borada adliya organlarining o‘rni va roli xususida to‘xtalib o‘tildi.
   Tadbir mabaynida bugungi kunda adliya organlariga kelib tushayotgan  yerga oid munosabatlar ham tahlil etilib, hududda mazkur yo‘nalishda yuzaga kelayotgan masalalar muhokama qilindi.
   Aytib o‘tish joiz, Yer kodeksining 16-moddasiga ko‘ra, yer davlat mulki — umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish zarur, u davlat tomonidan muhofaza etiladi hamda oldi-sotdi qilinmaydi, ayirboshlanmaydi, hadya etilmaydi, garovga qo‘yilmaydi, O‘zbekiston Respublikasining qonunlarida belgilangan hollar bundan mustasno.
   Ta'kidlangan istisno holatlar shu kodeksning 18-moddasida belgilangan, ya'ni yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkalariga bo‘lgan mulk huquqi savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi obektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirilganda vujudga keladi.