Янгиликлар
19
Adliya faoliyatidan
Joriy yilning 9 yanvarь kuni “Nodavlat notijorat tashkilolari va doʼstlik uyi”da Аdliya boshqarmasi,viloyat statistika boshqarmasi,Oʼzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi Navoiyviloyatiboʼlinmasi, Xalq deputatlari Navoiy viloyat Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarin qoʼllab-quvvatlash jamoat fondi hamkorligida viloyatda faoliyat koʼrsatayotgan nodavlat notijorat tashkilotlarining adliya va statistika organlariga hisobotlarni topshirish yuzasidan seminar tashkil etildi.
Qonunchilikka koʼra, nodavlat notijorat tashkilotlari (diniy tashkilotlar) har yili 1 fevralga qadar oʼtgan yildagi faoliyati yuzasidan adliya organiga hisobot taqdim etadi.
Hisobotni qulay va sifatli topshirish uchun e-ngo.uz portali ishga tushirilgan.
Seminar davomida NNTlar tomonidan hisobotlarni topshirish muddatlari, tartibi haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, NNTlarga qulaylik yaratish, ortiqcha qogʼozbozlik va ovoragarchildikni bartaraf etish maqsadida ishga tushirilgan e-ngo.uz portali orqali davlat roʼyxatidan, qayta roʼyxatgan, ramzlarni roʼyxatdan (shu jumladan qayta roʼyxatdan) oʼtkazish, oʼtkazlishi rejalashtirilayotgan tadbirlar haqida xabardor qilish va boshqa koʼplab funksiyalarni bajarish mumkinligi toʼgʼrisida ham tushuntirishlar berilib, hisobotni topshirmaganlik holati yuzasidan kelib chiqadigan javobgarlik masalalari ham muhokama qilindi.
Maʼlumki, Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksning 239-moddasiga asosan, nodavlat notijorat tashkilotlarining oʼz faoliyati toʼgʼrisidagi hisobotlarni taqdim etmasligi, oʼz vaqtida taqdim etmasligi yoki belgilanmagan shaklda taqdim etishi, oʼz faoliyati toʼgʼrisida bila turib notoʼgʼri maʼlumotlar taqdim etishi 4 mln.dan 8 mln soʼmgacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.
Bu kabi seminarlar Konimex, Navbahor, Nurota tumanlarida sayyor tartibda ham oʼtkazildi.