Янгиликлар
19
Adliya faoliyatidan
Ayol qo‘rquvda yashamasin…yo‘qsa zulmat vjudiga cho‘kadi, xayot ildizlarini birin-ketin yemiradi.Xolbibi Baratova bugun ana shunday ilojsizlik iskanjasida qolgan.U 1972 yilda Navoiy viloyati, Nurota tumanining Qizilcha qishlog‘ida tavallud topgan.Bolaligi adirlar bag‘rida, bepayon kengliklarda o‘tgan qiz o‘z ixtiyoriga qarshi turmushga chiqdi.
-1994-yilda yaxshi joyda ishlaykan deb bir kishiga uzatishdi.Keyin bilsam erimning uyiga kelin bo‘lib emas, kundosh bo‘lib borgan ekanman.Turmush o‘rtog‘imning oilasi va farzandi borligini men ham, oilamdagilar ham bilishmagan.Ko‘p o‘tmay uni haydab yuborishdi.Kaltakdan yelkasi bukchayib qolgan ayolning kuni kelgan daqiqamdan boshlab mening boshimga ham tushdi.27 yildirki urush chiqmagan,tayoq yemegan kunim yo‘q. Bu orada ba’zi joylarga dardimni aytdim,lekin hech qachon yozma murojaat qilmaganman. Ko‘pincha kattalarning aralashuvi bilan sabr qilib yashashga ko‘nardim. Chunki o‘rtada 3 nafar farzandimiz bor. Xo‘jayinimning maoshi bir oilaga bemalol yetadigan darajada edi, ammo, ro‘zg‘or uchun, farzandlar uchun pul sarflamagan. Ayol boshim bilan mol bozorga ham chiqdim, hammollik qildim, ko‘cha supurdim, pista sotdim. Shundan farzandlarimni maktabiga, yeb-ichishga pul qilardim. Bolalarim 15 yoshga to‘lmay mehnatga chiqib ketishdi. Ammo xo‘jayinimni zo‘ravonliklari hech qolgan emas. Eng alam qiladigani zo‘rlik ishlatish bolalarimni ko‘z o‘ngida bo‘lardi .Farzandlarimni xayotiga tahdid solaboshlagandan keyin uydan qochib ketdim.- deydi, X.Baratova
Ayol achchiq qismati haqida gapirar ekan ko‘zlaridagi yoshni yashirolmas,endi faqat xotirjamlikda yashash istagi borligini bildirardi.Ayni paytda fuqaro Ayollar reabilitatsiya va moslashtirish respublika markazi Navoiy viloyat bo‘limiga joylashtirilgan.
- Ayolning ahvoli o‘rganib chiqilganda u doimiy ravishda jismoniy, ruhiy,jinsiy va iqtisodiy zo‘ravonlikka uchragani ma’lum bo‘ldi.Bu holatga tushishining asosiy sababi, o‘z vaqtida tegishli organlarga murojaat qilmaganligi va huquqlarini bilmasligidir.Shu bois, bizga yaqindan huquqiy ko‘mak berib keladigan adliya boshqarmasi mas’ullarini chaqirtirdik. Fuqaroga kerakli maslahatlar berildi, huquqiy jihatdan yo‘l-yo‘riq ko‘rsatildi va uninng subsidiya olish, nogironlikni belgilash hamda ijtimoiy ta’minot bilan bog‘liq masalalari yozib olindi.-deydi, Ayollar reablitatsiya va moslashtirish respublika markazi Navoiy viloyat bo‘limi rahbari Nargiza Ermamatova
Muloqot davomida ayolga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “ZO‘RLIK ISHLATISHDAN JABR KO‘RGAN XOTIN-QIZLARNI REABILITATSIYA QILISHGA OID QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”gi 5116-sonli, Vazirlar Mahkamasining “ZO‘RLIK ISHLATISHDAN JABR KO‘RGAN XOTIN-QIZLARNI REABILITATSIYA QILISH VA MOSLASHTIRISH HAMDA O‘Z JONIGA QASD QILISHNING OLDINI OLISH BORASIDAGI ISHLARNI TAKOMILLASHTIRISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA”gi 625-sonli qarorlar mohiyati va unga ko‘ra zo‘ravonlikka uchragan ayollar uchun belgilangan imtiyozlar tushuntirib berildi.
-Men adliya xodimlari bilan gablashganimdan keyin, nega bular bilan 10 yil yoki 5 yil oldin ko‘rishmadim deb afsuslandim.Agar hozir tushunganlarimni oldinroq bilganimda edi hammasi boshqacha bo‘lardi. Meni muammoyimni bir tashkilot emas,ko‘pchilik bo‘lib yechish kerak ekan.Yordam beramiz, birgalashamiz deb aytishdi.Endi ularni maslahati bilan ish qilaman, chunki ulardan umidim bor.