Янгиликлар
18
Adliya faoliyatidan
Bugun Yuristlar malakasini oshirish markazining malakali professor-oʻqituvchilari tomonidan Navoiy viloyati adliya boshqarmasi huzuridagi yuridik xizmat ko‘rsatish markazi xodimlari uchun masofaviy (onlayn) shaklda oʻquv kurslari boʻlib oʻtmoqda.
Oʻquv jarayonida tinglovchilar mehnat munosabatlarini tartibga solishda Yuridik xizmat markazlarining ishtiroki, xizmat koʻrsatiladigan tashkilotlar xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirish masalalari kabi mavzular boʻyicha oʻz bilimlarini oshirmoqdalar.