Янгиликлар
23
Adliya faoliyatidan
Bugungi islohotlar fuqaro murojaatlarini nainki tinglash, balki ularni joyiga chiqqan holda o‘rganishni talab etmoqda.Adliya organlari tizimida ham ana shu amaliyot davom etib kelmoqda.Navoiy viloyat adliya boshqarmasi,tuman, shahar adliya bo‘limlarida haftaning juft kunlari sayyor qabullar va uyma-uy yurish tadbirlarini tashkil etish belgilangan.
Shunga ko‘ra, G‘azg‘on shahri, Uchquduq, Konimex tumanlarida sayyor qabul va uyma-uy yurish tadbirlari tashkil etildi.
Muloqotlar mobaynida fuqarolarning bandlik, nafaqaga chiqish, ijtimoiy ta’minot,aliment undiruvi singari bir qator murojaatlari ish yurituvi uchun qabul qilindi.