Янгиликлар
25
Adliya faoliyatidan
“Koʼrgulikni keksalikda koʼrsatmasin.Men bu gapning yukini belimdan quvvat, qoʼlimdan kuch ketib boshimga tushgan kunlardan keyin angladim.” Qiziltepa tumanining “Qalayi-azizon” mahallasida yashovchi Baxri aya Temirova bilan suhbatlashar ekanmiz fikrlarini ana shunday boshladi.U kishi 71 yoshni qarshilaganlar.3 nafar farzandi bor.Shirindan shakar nabiralarning buvisi. Baxri aya bir necha yil qishloq xo‘jaligi sohasida mehnat qilib,el nazariga tushgan ayol.3 farzandi uyli-joyli bo‘lgan, biroq, nafaqaga chiqqandan so‘ng qizining ahvoli og‘irlashdi.
-Qizimda suyak yemirilish holati kuzatilgan.Hozirgi kunda yotoqda. 2 nafar farzandi qo‘l-oyog‘i.Lekin ular hali yosh.Kattasi talaba,shartnomaga o‘qiydi.Kontrakt puli ham oz emas. ikkinchisi maktab o‘quvchisi.Dori- darmonga ko‘p ketganidan, ro‘zg‘origa birda mablag‘ yetsa, birda yetmaydi.Topish tutish har doim ham birxil emas.Shu bois,71 yoshga kirgan bo‘lsam ham yoz-yovonda ishlayman, issiqxona qilganman.Qizimga nogironlikni belgilatolmagandim.Bir kun sayyor qabulda adliya xodimlari bilan gaplashib, shu masalada yordam so‘radim.Baraka topsin, ishimni hal qilib berishdi.Hozir oyma-oy nogironlik nafaqasi olayapmiz-deydi B.Temirova
Fuqaro murojaati adliya xodimlari tomonidan o‘rganilib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 195-sonli qaroriga asosan B.Temirovaning farzandiga birinchi guruh nogironligi belgilab berildi.