Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
Navoiy viloyatida 150ga yaqin fermer xo‘jaliklariga 3 milliard so‘mdan ortiq pul mablag‘lari undirib berilishi belgilandi.
Holat adliya organlari tomonidan o‘rganilganda, viloyatdagi fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari 2020-yilda “Navoiy agrokimyohimoya” hududiy aksiyadorlik jamiyatining tuman filiallari bilan shartnoma imzolagani ma’lum bo‘ldi. Hozirgi kunda mazkur tashkilot “Navbahor agrokimyohimoya” UK sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.
Shartnoma shartlariga ko‘ra, tashkilot qishloq xo'jaligi korxonalariga mineral o'g'itlar, o'simliklarni kimyoviy va biologik himoya qilish vositalari va boshqa kimyoviy mahsulotlarni yetkazib berish hamda agrokimyoviy xizmatlar ko'rsatishi lozim edi. Biroq, “Etkazib beruvchi”lar shartnomada belgilangan majburiyatlarini hozirgi kunga qadar bajarmagan. Mazkur holat Navbahor,Qiziltepa,Karmana,Konimex va Xatirchi tumanlarida aniqlandi.
“Xo‘jalik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi tog‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hamda yuqirida ko‘rsatilgan shartnomada mahsulot yetkazib berish asossiz kechiktirilgan yoki to'liq yetkazib berilmagan taqdirda “Etkazib beruvchi” “Xo'jalik”ka kechiktirilgan har bir kun uchun majburiyat bajarilmagan qismining 0,5 foizi miqdorida penya to'lashi, biroq penyaning umumiy summasi yetkazib berilmagan mahsulot qiymatining 50 foizidan ortiq bo'lmasligi belgilangan.
Mazkur xujjatga asosan,adliya organlari tomonidan fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari manfaatida sudga da’vo arizalari kiritildi.Birgina Navbahor tumanida 70 nafar fermer va dehqon xo‘jaliklari egalarining murojaati ijobiy hal etib berildi.
- Men ham yerim uchun ozuqaga pul to‘lab, mahsulotimni ham,pulimni ham ololmagandim.Dehqonning ishi oson emas, yerga mehnat ham, mablag‘ ham yetarlicha sarflanishi kerak.Agar bir uzilish bo‘lsa bu hosilda tezda sezdiradi.Mana bunaqa holatda meni ham boshim qotgandi.Adliya bo‘limiga rahmat ishimizni hallab, qo‘limizga xujjatni tutqazdi.Endilikda oladigan pullarimizni keying agrotexnik tadbirlarga sarflaymiz.-deydi,Navbahor tumani “Akobir Qurbon orzusi” fermer xo'jaligi rahbari Z.Ibragimov
Qolgan hududlarda ham ushbu amaliyot tadbiq etilib qishloq xo‘jaligida faoliyat yuritayotganlarga huquqiy jihatdan amaliy yordam ko‘rsatildi.
Navoiy viloyat adliya boshqarmasi