Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

28

Adliya faoliyatidan


Mamlakatimizda onalar va bolalar huquqlari doimo davlat himoyasida. Mehnat munosabatlariga oid qonunchilikda ham bu  tamoyil ustuvor.Ammo, Qiziltepa tumanida istiqomat qiladigan Nilufar Rahmonovaga nisbatan mazkur yo‘nalishdagi ayrim imtiyozlar qo‘llanilmagan.
Fuqaro bir necha yil davomida Qiziltepa tumani sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi markazida hamshira sifatida ishlab kelgan. 2 yillik bola parvarishidan so‘ng u o‘z ish joyiga qaytolmadi.
-  Oilamda 2 nafar farzandim bor.Ikkalasi ham juda yosh.Bugungi kunda yolg‘iz boquvchi hisoblanaman.Bola parvarishidan chiqib ishsiz qolganimni eshitish og‘ir botdi. Farzandlarimni endi qanday boqaman deb o‘yladim.Keyin qo‘shnilarimning tavsiyasi bilan adliya bo‘limiga murojaat qildim. Ming bor rahmat aytaman.Ularning ko‘magi bilan o‘z ish joyimda yana ishlay boshladim-deydi N.Rahmonova 
O'zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 234-moddasiga ko'ra, homiladorlik va tug'ish ta'tili tugagandan keyin, ayolga bola parvarishi uchun ish haqi saqlanmaydigan qo'shimcha ta'til berillishi va bu davrda ayolning ish joyi saqlanishi belgilangan.
-  Shu asosga ko'ra, fuqaroning murojaati o'rganilgandan so'ng, tizimdagi islohotlar sabab ish o'rinlar va shtat birliklari qisqargani aniqlandi. Shu bois, N.Rahmonovaning lavozimi ham qisqartirilgan.Ammo, qonunchilikda bola parvarishida bo'lgan ayolning ish o'rni qisqargan taqdirda unga o'z lavozimidan kam bo'lmagan darajada ish topib berilishi ko'rsatib o'tilgan-deydi, Qiziltepa tumani adliya bo‘limi boshlig‘i A.Asadov                                                                                         
Qonunchilikda belgilangan tartibga asosan adliya bo‘limining fuqaro manfaatida sudga kiritgan da'vo arizasi qanoatlantirilib, N.Rahmonova ishga tiklandi.