Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

31

Adliya faoliyatidan


  Mamlakatimizda davlat, xo'jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, turli mulkchilik shaklidagi korxona, muassasa va tashkilotlar faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni ta'minlashga qaratilgan keng ko'lamli ishlar olib borilmoqda.Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 29 iyunda qabul qilingan “Davlat organlari va tashkilotlariga yuridik xizmat ko'rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori dasturil amal bo'ldi. Uning asosida respublika bo'ylab yuridik xizmat ko'rsatish markazlari tashkil etilib, yuridik xizmat sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarildi. Markazlarning maqomi, faoliyat tartibi, funktsiya va vazifalari belgilab berildi.
     Shu asosga ko‘ra Navoiy viloyatida ham yuridik xizmat ko‘rsatish markazlari faoliyati tizimli tashkil etili, hududda yuridik xizmat ko'rsatish sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarildi. Tashkilotlarda yuridik xujjatlar almashinuvining elektron shaklda yo'lga qo'yilgani  qonuniylikni ta'minlash bilan bir qatorda, ortiqcha ovoragarchiliklarning ham oldini olmoqda. Davlat xizmatlari markazi binosining birinchi qavatida faoliyat olib borayotgan Qiziltepa tumani  shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazida ham ish jarayoni  mazkur yo'nalishda tashkil etilgan.
-  Shu kunga qadar tashkilotimizga 1500ga yaqin xujjatlar kelib tushgan bo‘lib,har biri qonun talablari asosida ko‘rib chiqilgan. Bugungi kunda markazda o‘rtacha xujjat alamashinuvi 100-110 taga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatgich, kun sayin, soat sayin o‘sib borayapti.-deydi Qiziltepa tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Sobir Sharipov
  Huquqiy ko'mak yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining bosh maqsadi.Shu bois, soha xodimlari tomonidan davlat organlari va tashkilotlarida qonunchilikka rioya etish, amalda joriy etilgan “E huquqshunos” elektron dasturidan samarali foydalanish, huquqiy xujjatlar ekpertizasida yuridik xizmat markazlari bilan tizimli muloqotni tashkil etib borish maqsadida seminar-treninglar va davra suhbatlari o'tkazib borilmoqda. Muloqotlar mobaynida soha vakillariga xujjatlarni huquqiy ekspertizadan o'tkazish turli shakldagi qonunbuzilishlarini oldini olishi, rahbar va xodim o'rtasidagi mehnat munosabatlarini qonun asosida shakllantirib borish va ularning mehnat huquqlarini ta'minlashda muhim omil ekanligi tushuntirib borilmoqda.