Янгиликлар
02
Adliya yangiligi
Mobil ilovaning maqsadi: axborot texnologiyalaridan foydalangan holda aholi va adliya organlari o‘rtasida samarali aloqa o‘rnatish, mobil qurilmalar orqali yuridik va davlat xizmatlarini ko‘rsatilish, mobil ilova yordamida davlat xizmatlarni elektron shaklda olish imkoniyatini yaratishdan iborat.
“Adliya mobile” mobil ilovasini “Android” va “iOS” operasion tizimlari uchun mo‘ljallab ishlab chiqarilgan. Foydalanuvchilar ilovani “Play Market” va “App Store” servislari orqali bepul va oson tarzda yuklab ishlatishlari mumkin. Foydalanuvchilarga qulaylik yaratish maqsadida ilovadagi ma'lumotlar 3 ta tilda (rus, ingliz va o‘zbek (kiril va lotim alifbolarida)) kiritib boriladi.