Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Adliya faoliyatidan


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5938-sonli farmoniga asosan 2020 yil 1 iyuldan boshlab fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari xodimlarining lavozim maoshiga 30 foiz qo‘shimcha ustama to‘lash joriy etilgan. Navoiy viloyat adliya organlari organlari tomonidan mazkur xujjat ijrosi o‘rganilganda, mahalla xodimlarining ustama haqlari to‘lab berilmagani aniqlandi.Shunga ko‘ra, Navbahor tumani adliya bo‘limi tomonidan ham 150 ga yaqin mahalla xodimlariga ustama pullari undirib berilib, hududdagi “Uchtut” mahalla fuqarolar yig‘inida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Muloqot davomida soha xodimlariga qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma’lumot berilib, huquqiy masalalar yuzasidan savol javob tashkil etildi.
-Men Navbahor tumanidagi “Qizilrabod” MFYda 15 yildan buyon ishlab kelmoqdaman. Shu mahalla tizimida ishlayotganimdan xursandman. Ish davrim mobaynida fuqarolar masalalarini hal etishda tuman adliya bo‘limidan huquqiy ko‘mak so‘rayman.Shu safar ularning yordami bilan o‘zimning ro‘zg‘orimga yordam bo‘ldi. Budan juda xursandman.-deydi mahalla xodimi Nuriya O‘tayeva