Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Adliya faoliyatidan


Navoiy shahridagi tibbiyot kollejining birinchi bosqichida o‘qiydigan M.M ta’lim muassasasida unga nisbatan guruh rahbari tomonidan ruhiy tazyiq o‘tkazilayotgani, guruh rahbari dars jarayonlarida o‘quvchiga nisbatan yomon munosabatda bo‘layotgani haqida Navoiy viloyat adliya boshqarmasiga xabar berdi.

Holat adliya boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan o‘rganilganda o‘quvchi va o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik yuzaga kelgani ma’lum bo‘ldi.

- Bir kun darsga tanaffus paytida fotosalonga referatimning yuzini chiqarish uchu borgandim.U yerda dugonamni ko‘rib qoligandim ikkalamizni o‘rtamizda hazil orqasidan tortishuv kelib chiqdi.Shovqinni eshitib o‘sha yerda yurgan profilaktika inspektori bizni oldimizga keldi.Shu vaqt davomida o‘qituvchilarimiz ham fotosalonga chaqirtildi.Shundan keyin mening guruh rahbarim qo‘l telefonimni olib qo‘yib, uyiga olib ketdi.Ertasiga u hammaga meni telefonimda 18+ videolar borligi haqida kollejdagilarga aytgan.Ota-onamga ham xabar berdi.Ana shu voqeadan keyin kollejdagilar meni ustimdan kuladigan, yig‘inlarda ham ajratib qo‘yadigan bo‘lishdi.Shundan keyin kollejga borgim kelmaydi, baholarim ham tushishni boshladi.-deydi o‘quvchi

Surishtiruv jarayonida o‘quvchi va uning onasi tomonidan o‘qituvchiga nisbatan ham ruhiy bosim o‘tkazilgani aytildi. Anglashilmovchilikni bartaraf etish va o‘qituvchi o‘z vazifasini bajarish jarayonida mаs’uliyatsizlikka yo‘l qo‘ygani uchun guruh rahbarligidan chetlashtirilgan.

Holat adliya boshqarmasi va IIB vakillari ishtirokida muhokama etilib o‘qituvchiga ham, o‘quvchiga ham himoya orderi berildi.