Янгиликлар
09
Adliya faoliyatidan
Statistik ma’lumotlarga qaraganda bugungi kunda dunyoda har 3 ta ayoldan bittasi zo‘ravonlik qurboni bo‘lmoqda. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, pandemiya davrida bu ko‘rsatgich yanada oshgan.Shu bois, zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan ayollarni reablitatsiya qilish, huquq va manfaatlari daxlsizligini ta’minlash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.Bu borada yurtimizda ham 10 dan ortiq qonun xujjatlari qabul qilinib, bir qator chora- tadbirlar amalga oshirilayapti..
“Ayollarni reblitatsiya qilish va moslashtirish Navoiy viloyat markazi” tomonidan viloyat adliya boshqarmasi, IIB, mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bashqarmasi hamkorligida tashkil etilgan viloyat seminari ham ana shu mavzuga qaratildi. “Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarni reablitatsiya qilish va moslashtirish hamda o‘z joniga qasd qilishning oldini olish borasida idoralararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish” mavzusidagi tadbirda barcha davlat organlari va tashkilotlarining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ul xodimlari , diniy idoralar hamda NNT vakillari, ishtirok etishdi.
Muloqot davomida zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, iqtisodiy qo‘llab-quvvatlash, moddiy va huquqiy ko‘maklashish borasida viloyatda olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, hamkorlik rajalari muhokama qilindi.
Seminarda zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan ayollarning farzandlari taqdiri, ularni jamiyatga qo‘shish, barkamol inson bo‘lib ulg‘ayishlari uchun sharoitlar yaratish borasida aniq takliflar ilgari surildi