Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

11

Adliya faoliyatidan


Konimex tumanida 6 nafar fuqaroning ish stajini tiklash bilan bogʼliq masalasi sayyor tartibda oʼtkazilgan sud majlisida koʼrib chiqildi. Sudga daʼvo arizalari tuman adliya boʼlimi tomonidan kiritilgan.

- Men Aqlimni taniganimdan boshlab, kuchdan qolgunimga qadar dehqonchilik bilan shug‘illanib keldim .Turli firmalarda 44 yillik ish stajim bor.Lekin pensiya yoshiga yetganimda pulim men tengi ishlaganlardan ancha kam chiqdi.Аdliya tamonidan oʼtkazilgan sayyor qabulda shu masalamni aytgandim.Ishim ortiqcha ovoragarchiliklarsiz, osongina hal boʼldi.-deydi P. Berdishov

 Oʼzbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 81-moddasi, Oʼzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2017 yil 29 noyabrdagi “Davlat pensiya taʼminoti bilan bogʼliq ishlar boʼyicha sud amaliyoti toʼgʼrisida”gi 44-sonli qarorinng 23-bandi, “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʼgʼrisida”gi Qonun 42-moddasi va “Davlat pensiyalarini tayinlash va toʼlash tartibi toʼgʼrisida”gi Nizomning 80-bandiga binoan mehnat daftarchasi ish stajini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanishi koʼrsatilgan. Аrxivga ish haqi toʼgʼrisida maʼlumotnomalar taqdim etilmagan holatda yuqoridagi qonun xujjatlariga asosan, mehnat daftarchasi orqali ish stajini tiklash imkoniyati mavjud.

 Shu asosga koʼra, tumanlararo maʼmuriy sudiga kiritilgan daʼvo arizalari qanoatlantirilib, Byudjetdan tashqari pensiya jamgʼarmasi Konimex tuman boʼlimiga fuqarolarning ish stajlarini inobatga olish boʼyicha qaror qabul qilindi.

Nurali Isroilov

Konimex tumani adliya boʼlimi boshligʼi