Янгиликлар
Adliya xabari
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” deb eʼlon qilingan.
Mazkur tadbir doirasida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida umummilliy imtihon oʻtkaziladi.
Imtihonda 15 yosh va undan katta barcha xotin-qizlar qatnashishi mumkin boʻlib, ishtirok etish ixtiyoriy, bepul va ochiq.
Imtihonda qatnashish uchun 8-mart.adliya.uz saytida joriy yil 15-fevraldan 28-fevralga (shu kuni ham) qadar roʻyxatdan oʻtish talab etiladi.
Imtihon ikki bosqichdan iborat:
1-bosqich – onlayn test, 1-mart soat 09.00 dan 13.00 gacha boʻlib oʻtadi.
2-bosqich – suhbat, 4-mart soat 10:00 da tashkil etilib, 3 nafar gʻolib aniqlanadi.
Imtihonda qatnashib bilimingizni sinovdan oʻtkazing va sovrinlarni qoʻlga kiriting!