Янгиликлар
Adliya faoliyatidan
G‘ozg‘on shahar adliya bo‘limi tomonidan hududda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “DAVLAT ORGANLARI VA TASHKILOTLARIGA YURIDIK XIZMAT KO‘RSATISH FAOLIYATINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA”gi 5168-son qaroriga rioya etish ahvoli o‘rganilganda shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limida qonun buzilish holatiga yo‘l qo‘yilgani ma’lum bo‘ldi.
Xususan, tashkilot bilan “Navoiy suv ta’minoti” MCHJ G‘azg‘on shahar bo‘limi o‘rtasida iste’molchilarga ichimlik va oqava suv xizmatlarini ko‘rsatish uchun shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bilan kelishilmagan holda shartnoma tuzilgan. Hujjat tomonlar imzolagandan 2 kun o‘tib markaz xodimlari bilan kelishish maqsadida “E-huquqshunos”elektron axborot tizimiga joylashtirilgan.
Vaholanki, 5168-son qarorning 6-bandida Mrkazlar tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatilishi belgilangan tashkilotlar tomonidan Markazlar bilan kelishilmagan holda yuridik tusdagi hujjatlar qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmasligi, bunday hujjatlar yuridik kuchga ega emas hamda ular qabul qilingan paytdan e’tiboran hech qanday huquqiy oqibatlarni keltirib chiqarmasligi ko‘rsatib o‘tilgan.
Shu asosga ko‘ra, adliya bo‘limi tomonidan G‘azg‘on shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, belgilangan tartib asosida qabul qilinmagan hujjatlar bekor qilindi.