Bog'lanish

Telefon
79-220-79-22

Elektron manzil
navoiy@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Adliya faoliyatidan


     14 yil mobaynida bir sohada ishlab kelgan Holida Ortiqova yaqin-yaqingacha 200 ming so‘m oylikka qanoat qilib yashardi.Konimex tumanida istiqomat qiladigan ayol 3 nafar farzandning onasi. Turmush o‘rtog‘I ishsizlar ro‘yxatida. Shu kunga qadar homiylar ko‘magi va mayda-chuyda yumushlar ketidan ro‘zg‘orda qora qozon qaynagan.
     Yillar davomida tuman tibbiyot birlashmasida kam maosh evaziga faoliyat yuritib kelgan ayol yaqinlarining tavsiyasi bilan tuman adliya bo‘limiga yordam so‘rab murojaat qildi.Mehnat qonunchiligiga ko‘ra ,bugungi kunda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 822 ming so‘mni tashkil etadi. 
     Shu asosda, H.Ortiqovaning murojaati o‘rganilib, oylik ish haqi qonunda belgilangan tartibda oshirib berildi.Adliya bo‘limi tomonidan bugungi kunda mazkur yo‘nalishdagi bir nechta murojaatchilar arizasini qanoatlantirish bo‘yicha tegishli xujjatlar ko‘rib chiqilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan e'lon qilingan "Xotin-qizlar huquqlari bo‘yicha dolzarb 2 oylik" doirasida Navoiy viloyat adliya organlari tizimida ayollar murojaatlari chuqur o‘rganilib, ularga uyma-uy kirgan holda huquqiy tushuntirishlar berib borilmoqda.